Alisher Navoiy nomidagi Kinosaroyda malaka oshirildi

    S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent shaxridagi filiali 1-kurs «Kinooperatorlik» yo‘nalishi talabalari amaliyot doirasida «O‘zbekfilm» kinokonserni, «Zo‘r TV» telekanali va Alisher Navoiy nomidagi Kinosaroyda malaka oshirdilar.

    🎥 Talabalar kinoindustriyadagi zamonaviy jarayonlar bilan tanishib, real suratga olish maydonchalarida tajriba orttirishdi. Ular kamera ishlari va yoritish tizimlari jarayonlari bo‘yicha amaliy bilimlar olishdi.

    🔹 Bugungi uchrashuvda filial direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev, shuningdek, fakultet dekanlari, professor-o‘qituvchilar 1-kurs «Kinooperatorlik» yo‘nalishi talabalarining tanishuv amaliyoti davomida orttirgan tajriba va bilimlari, shuningdek, ularning amaliy natijalari bo‘yicha hisobotlari bilan tanishdilar va fikr almashdilar.

Videoga havola; BDKU Toshkent

 

2-kurs talabalari Moskva shaxridagi BDKU da amaliyot о‘tashmoqda

    «Kinooperatorlik» yо‘nalishi 2-kurs talabalari 2025 yil 2–14 fevral kunlari Moskva shaxridagi BDKU da amaliyot о‘tashmoqda.

    🎥 Kino industriyasi uchun professional mutaxassislar tayyorlash maqsadida talabalar:

      🔹 BDKU professorlari rahbarligida ta’lim olishmoqda,

      🔹 kinosanoat laboratoriyalarida amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etishmoqda,

      🔹 operatorlik mahoratning zamonaviy texnologiyalarini о‘rganishmoqda.

    ✨ Shuningdek, talabalar «Mosfilm» kinostudiyasiga tashrif buyurib, rental va Kinoapparatura markazida bо‘ldilar. Ular suratga olish pavilyonlari, montaj va rang tuzatish studiyalari, operatorlik va yoritish uskunalari bilan tanishishdi.

    🎓 Mas’ul о‘qituvchi — dotsent X.B. Xasanov.

 

 

Renessans kino uyida tadbir o‘tkazildi

    Bugun 2025 yil 6 fevral kuni «Renessans kino uyi da “Xalqimizning diniy savodxonligini oshirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar va bunyodkorlik ishlari bilan aholini yaqindan tanishtirib borish” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

    📝 Tadbirda Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar va davlatimiz rahbarining Malayziyaga rasmiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar haqida so‘z yuritdi.

    ✔️ Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov “O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qonun loyihasi, uning ahamiyati va yoshlarning salohiyatini oshirishdagi o‘rni haqida fikr bildirdi.

    ✔️ Ichki ishlar vazirligi va Xalqaro Islom akademiyasi vakillari ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan yot g‘oyalar va ularning huquqiy oqibatlari haqida ma’lumot berishdi.

    Tadbirda shuningdek, S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev va filial xodimlari ham ishtirok etishdi.

 

“Jarakuduq mo‘jizasi” filmi

    “Jarakuduq mo‘jizasi” filmi, S.A.Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent filiali prodyuserlik fakultetining sirtqi ta’lim 4-kurs talabasi Abdullayev Akromali tomonidan yaratilgan, xalqaro miqyosda tan olinmoqda!

    🎉 “La Bohème” kinofestivalida “Jarakuduq mo‘jizasi” filmi birinchi o‘rinni egalladi! Bu yutuq filmning yuqori darajada ekanini va ijodiy jamoaning mehnatini e’tirof etadi.

    🎉2024 yil 25-29 noyabr kunlari Moskva shahrida “MI” Xalqaro yoshlar kinofestivali bo‘lib o‘tdi. Ushbu kinofestival Rossiya Kinematografistlar uyushmasining Moskva viloyati tashkiloti tomonidan o‘tkazildi.

    Festival  doirasida “Jarakuduq mo‘jizasi” filmi diplom bilan taqdirlandi!

    🎉Bu mukofotlar faqat g‘alaba emas, balki ijodiy salohiyat va mehnatning tan olinishidir. Abdullayev Akromaliga yangi muvaffaqiyatlar, ilhom va xalqaro arenalarda yanada yuqori yutuqlarga erishishini tilaymiz!

 

 

Bugun talabalarining  bitiruv malakaviy ishlar himoyasi bо‘lib о‘tdi.

    Bugun, 4 fevral 2025 yil S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti (VGIK) Toshkent filialida qо‘shimcha professional ta’lim dasturi bо‘yicha О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan san’at arbobi, rejissyor, ssenarist Y.S. Roziqov ijodiy ustaxonasi talabalarining  bitiruv malakaviy ishlar himoyasi bо‘lib о‘tdi.

    🎬 Yakuniy attestatsiya doirasida talabalar tomonidan yaratilgan bitiruv malakaviy ishlar (qisqa metrajli badiiy filmlar) namoyish etildi. Bu jarayon kinematografiya sohasida professional rivojlanish uchun muhim bosqich bо‘ldi.

    🔹 Attestatsiya komissiyasi tarkibi:

      — VK KiT Oliy kurslari rahbar о‘rinbosari, professor, fanlar doktori Sakvarelidze M.A.

      — “О‘zbekfilm” kinokonserni ishlab chiqarish bо‘limi rahbari Ahmedxanov A.T.

      — О‘zbekiston xalq artisti, professor Ishmuxamedov E.T.

      — BDKU rejissyorlik fakulteti dekani, dotsent Skuybin N.T.

      — Kinematografiya agentligi ta’lim yо‘nalishini muvofiqlashtirish bо‘yicha bosh mutaxassis Xoshimov A.A.

      — Xalqaro bо‘lim boshlig‘i, attestatsiya komissiyasi kotibi Saydullaxо‘dayeva M.R.

    🔹 Shuningdek, himoya jarayonida filial direktori, professor I. Meliquziyev, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan san’at arbobi, rejissyor, ssenarist Y.S. Roziqov, BDKU professori R.Sagdullayev, о‘quv-tarbiyaviy ishlar bо‘yicha direktor о‘rinbosari A.Xmirov va bir qator mutaxassislar ishtirok etishdi.

    ✨ Bu yilgi oliy kurslar bitiruvchilari dasturning ilk bitiruvchilari bо‘lib, ular muvaffaqiyatli ravishda bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilishdi!

 

Toshkent filiali “Kinooperatorlik” yo‘nalishi 2-kurs talabalari Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida amaliyotda

    S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti (VGIK) Toshkent filiali “Kinooperatorlik” yo‘nalishi 2-kurs talabalari 2025 yil 2-14 fevral kunlari amaliyot o‘tash uchun Rossiya Federatsiyasining Moskva shahriga, BDKU bosh kampusiga yuborildi.

    📽 Kinematografiya sohasi uchun yuqori malakali ijodiy kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, shuningdek, kinokompaniyalar va joylardagi kinostudiyalarning yuqori malakali mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojlarini inobatga olgan holda, talabalar BDKUdagi professorlardan jadval asosida bilim olishmoqda. Shuningdek, kino ishlab chiqarish laboratoriyalarida amaliy mashg‘ulotlarda qatnashib, zamonaviy kinooperatorlik texnologiyalari bilan yaqindan tanishmoqda.

    🎥 Bundan tashqari, talabalar Rossiya Federatsiyasining Moskva shahridagi “Mosfilm” kinokonserniga tashrif buyurib, u yerda kinoishlab chiqarish jarayonlarini o‘rganishmoqda. Ular syomka pavilyonlari, montaj va rangtahrir studiyalari, operatorlik va yoritish uskunalari hamda boshqa texnik jarayonlar bilan amaliy tarzda tanishib, malakasini oshirmoqda.

    🎓 Mas’ul o‘qituvchi — dotsent H.B. Hasanov.

    🎬 Bu amaliyot talabalar uchun noyob tajriba bo‘lib, ularning kelajakdagi ijodiy va kasbiy rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi!