2025-yil 7–10-may kunlari malaka oshirish kurslari “Renessans” bolalar oromgohida bo‘lib o‘tmoqda.

2025-yil 7–10-may kunlari bolalar uchun tarbiyaviy, milliy va zamonaviy ruhdagi qahramon obrazlarini yaratish, milliy kontent tayyorlashga qaratilgan “Yangi avlod qahramonlari” nomli malaka oshirish kurslari Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi “Renessans” bolalar oromgohida bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbir doirasida ijodiy master-klasslar, treninglar va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilgan.

S.A. Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent shahar filialining direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev boshchiligida iqtidorli talabalardan iborat bir guruh ushbu mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun yuborildi.

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

О‘zbekiston Prezidenti G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 9 may kuni Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi.

Qizil maydonda G‘alaba paradi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Xitoy Raisi Si Szinpin, Braziliya Prezidenti Lula da Silva, Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux, Kuba Prezidenti Migel Dias-Kanel, Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro va boshqalar ham qatnashdi.

Ikkinchi jahon urushidagi g‘alaba millionlab insonlarning jasorati, matonati va fidoyiligi natijasidir. Bu ulug‘ maqsadga erishishda ko‘p millatli O‘zbekiston xalqining ham salmoqli hissasi bor.

Urush boshlangan paytda respublikamiz aholisi 6 million nafardan ziyod edi. Urush yillarida ikki millionga yaqin o‘zbekistonlik frontga jo‘natildi. 538 mingdan ziyod kishi jang maydonlarida halok bo‘ldi, 158 mingdan ortig‘i bedarak yo‘qoldi.

Ko‘rsatgan mardligi va jasorati uchun O‘zbekistondan 214 mingdan ziyod askar va ofitser jangovar orden va medallar bilan taqdirlandi. Vatandoshlarimizdan 301 kishi Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘ldi, yana 70 kishi «Shuhrat» ordenining barcha darajalari sohibi bo‘ldi.

O‘zbek xalqi mehnat borasida ham ulkan jasorat ko‘rsatdi. Mamlakatimiz frontning ishonchli tayanchiga aylandi: bu yerdan oziq-ovqat, kiyim-kechak, dori-darmon, qurol-yarog‘ va boshqa zarur resurslar uzluksiz jo‘natib turildi. Qisqa muddatda O‘zbekiston hududida 170 dan ortiq evakuatsiya qilingan korxonalar joylashtirilgani mudofaa sanoatining uzilishlarsiz ishlashini ta’minladi.

O‘sha og‘ir yillarda O‘zbekiston xalqi yuksak insonparvarlik namunasini ko‘rsatib, frontoldi hududlaridan evakuatsiya qilingan 1,5 milliondan ortiq kishini, jumladan, 250 mingdan ziyod yetim bolalarni qabul qildi.

O‘zbek xalqining urush yillaridagi jasorati xalqaro hamjamiyatda keng e’tirof etilmoqda.

Mamlakatimizda ham urush va mehnat fronti qatnashchilarining xotirasini abadiylashtirish, faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Toshkentda ulug‘vor «G‘alaba bog‘i» yodgorlik majmuasi barpo etildi.

G‘alaba paradi yakunida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va boshqa davlat rahbarlari bilan birgalikda Aleksandr bog‘idagi Noma’lum askar qabriga gul qo‘ydi.

Ushbu yodgorlik g‘alaba yo‘lida mislsiz jasorat ko‘rsatgan va jon fido qilgan millionlab jangchilar, jumladan, O‘zbekiston farzandlari xotirasiga o‘rnatilgan.

Marosim bir daqiqalik sukut hamda faxriy qorovul va harbiy orkestrning tantanali yurishi bilan yakunlandi.

 

Ma’lomotlar president.uz saytidan olingan.

 

 

 

Президент Шавкат Мирзиёев Ғалаба боғидаги “Миллат фидойилари” хиёбонида бўлди

    Президент Шавкат Мирзиёев Ғалаба боғидаги “Миллат фидойилари” хиёбонида бўлди ва хизмат бурчини бажариш чоғида ҳалок бўлган ҳарбий хизматчилар ва ҳуқуқ-тартибот идоралари ходимларининг оилалари билан суҳбатлашди. Давлатимиз раҳбари Иккинчи жаҳон уруши ва меҳнат фронти қатнашчилари билан ҳам самимий учрашув ўтказди.

   
#Mirziyoyev #uchrashuv #Xotiravaqadrlashkuni #ehtirom

    Маълумотлар president.uz  сайтидан олинган.

 

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyuldagi PQ–5148-son qarori

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyuldagi PQ–5148-son qarori bilan belgilangan topshiriqlarni amalga oshirish maqsadida 2025-yil 8-may kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining sport majmuasida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlariga start berish marosimi tantanali tarzda o‘tkazildi.

    Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Departamenti rahbari Abdurahmonov Odil Qalandarovich ochib berdi.

    Tadbirda shuningdek quyidagi rasmiy mehmonlar ishtirok etdilar:
     • O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Sharipov Kongratbay Avezimbetovich
     • O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri Ikramov Adham Ilxamovich
     • O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori Sa’dullayev Alisher Zafarovich
     • O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Umarov Otabek Muhammadalievich
     • O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi o‘rinbosari Jo‘rayev Jahongir Turg‘unovich

    Shuningdek, S.A. Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent shahar filialidan Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari J.X. Shomurodov ham tadbirda ishtirok etdi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

2025-yil 7-may kuni produserlik mahorati bo‘yicha mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi

    2025-yil 7-may kuni produserlik mahorati bo‘yicha mashg‘ulotlarda taniqli produser va ssenarist, “Bes poputal” filmining muallifi va koproduseri Sergey Fiks ishtirokida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.

     Uchrashuvda produserlik fakultetining 2-, 3- va 4-bosqich talabalari, dramaturgiya fakultetining 3-bosqich talabalari hamda rejissyorlik fakultetining 2-bosqich talabalari qatnashdilar.

    Mazkur uchrashuvni o’qituvchi Feliks Krivosheyev tashkillashtirdi.

    Bu kabi amaliy mashg‘ulotlar talabalar uchun sohaning ichki jarayonlarini tushunish, real tajriba orttirish va professional savol-javobda ishtirok etish uchun muhim imkoniyatdir.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook