BDKU Toshkent filiali 2025–2026 o‘quv yili uchun qabul boshlanganini e’lon qiladi!

    🎭 Kinooperatorlik yo’nalishi bo’yicha 2 yillik oliy kurslar uchun qabul boshlandi!

    🎬 San’atshunoslik bo’yicha falsafa doktori (Phd), professor, kinooperator,kinorejisyor Meliqo’ziyev Iqbol Mamasodiqovich ijodiy ustaxonasi!

    ⏳ Shoshiling!

    📌 Imtihonlar ijodiy suhbat asosida o‘tkaziladi.

    📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
     +998 94 728-82-71
     +998 99 147-22-66
     @VGIKTashkent_bot

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

BDKU Toshkent filialida yil yakuni bo‘yicha Rektorlik soati yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

    🗓 2025-yil 8-iyul kuni BDKU Toshkent filialida yil yakuni bo‘yicha Rektorlik soati yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

    Yig‘ilishda quyidagi masalalar muhokama qilindi: talabalarning kontrakt to‘lovlari holati, imtihonlar yakuni bo‘yicha hisobot, reja-moliya bo‘limi boshlig‘i O. Avalboyev tomonidan o‘quv yili yakuniy hisoboti, 2025/2026 o‘quv yili uchun qabul jarayonlari bo‘yicha ma’lumot, turli tashkiliy va joriy masalalar.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Ayub Shahobiddinovning “Bahorni quvib” nomli filmi “Eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasi

    Xitoyning Chongqing shahrida o‘tayotgan SHHTga a’zo davlatlar kinofestivalida BDKU Toshkent filiali dotsenti, kinorejissyor Ayub Shahobiddinovning “Bahorni quvib” nomli filmi “Eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb topildi.

    🏆 Ushbu filmda bosh rolni taniqli aktrisa Ra’no Shodiyeva ijro etgan. Aktrisaning obrazdagi nozik va ta’sirli ijrosi hakamlar hay’ati tomonidan yuqori baholandi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

“Anor” nomli qisqa metrajli film suratga olinmoqda.

    🎬 S.A. Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent filiali 1-bosqich “Aktyorlik mahorati” yo‘nalishi talabalarining (ijodiy ustaxona rahbari – T.S. Saidov) ishtirokida “Anor” nomli qisqa metrajli film suratga olinmoqda.

    📽 Suratga olish jarayonida Illusion Pictures studiyasi tomonidan moddiy-texnik baza beg‘araz taqdim etilmoqda.

    Filial Illusion Pictures direktori Sh.T. Qayumovga ko‘rsatilgan yordam va hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiradi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook