Ijodiy oliy ta’lim muassasalari rektorlari o‘rtasida navbatdagi ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    2025 yil 6 avgust kuni ijodiy oliy ta’lim muassasalari rektorlari o‘rtasida navbatdagi ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuv ta’lim sifatini oshirish, ijodiy yo‘nalishlardagi tajriba almashinuvini kuchaytirish, ilmiy-amaliy hamkorlikni kengaytirish hamda zamonaviy ta’lim yo‘nalishlarini rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.

    Uchrashuv davomida ta’lim jarayonlaridagi innovatsion yondashuvlar, talabalarning ijodiy salohiyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, hamkorlikdagi loyihalar va ilmiy tadqiqotlar natijalari haqida fikr almashildi. Shuningdek, milliy va xalqaro miqyosdagi loyihalarda hamkorlik masalalari, ijodiy sohadagi kadrlar tayyorlash va mutaxassislar malakasini oshirish mavzulari muhokama qilindi.

    Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, rektorlar tomonidan qator amaliy takliflar ilgari surildi va istiqboldagi hamkorlik rejalari belgilab olindi. Bu kabi uchrashuvlar ijodiy ta’lim sohasidagi integratsiya va rivojlanishni rag‘batlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook