“O‘zbekiston mendа yashaydi” milliy kontentlar tanlovini e’lon qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Yoshlar ishlari agentligi “O‘zbekiston mendа yashaydi” milliy kontentlar tanlovini e’lon qiladi.
Tanlovda Vatan muhabbati, qadriyatlar va yurt mehri aks etgan videoroliklar hamda fotosuratlar qabul qilinadi. Mukofot jamg‘armasi — 170 million so‘m.
Ishlarni 25-avgustga qadar @oyinauz_bot orqali yuboring. G‘oliblar 1-sentabr kuni e’lon qilinadi.
Loyihada xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar ham ishtirok etishlari mumkin.


Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook
