Kinooperatorlik mahorati kafedrasida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
📌2025-yil 12-avgust kuni BDKU Toshkent filialining Kinooperatorlik mahorati kafedrasida yangi 2025–2026 o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
✔️Yig‘ilishga filial direktori, professor I. Meliqo‘ziyev, yoshlar masalasi va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor birinchi o‘rinbosari J. Shomurodov, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari A. Xmirov, ishlar boshqarmasi boshlig‘i O. Avalboyev, kafedra mudiri X. Xasanov, bosh hisobchi X. Ag‘zamova, ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i N. Rahmatullayev hamda registrar ofisi boshlig’i S. Tursunov ishtirok etdi.
📈Kun tartibida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari, o‘quv soatlarini taqsimlash va optimallashtirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, dars jarayonining samaradorligini oshirish va talabalarning ijodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar bildirildi.






Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook
