Toshkent filialiga O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari tashrif buyurdi.

    ⚡️2025-yil 13-avgust kuni Butunrossiya Davlat Kinematografiya Universiteti (BDKU) Toshkent filialiga O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari A.B. Tadjixanov tashrif buyurdi.

    ✔️Tashrif doirasida Moskva shahridagi S.A. Gerasimov nomidagi BDKU F. Maxmudov ijodiy ustaxonasida tahsil olgan o‘zbek guruhi bitiruvchilari bilan suhbat o‘tkazildi. Uchrashuv davomida bitiruvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berdilar, respublika miqyosida kino, teatr, televideniye va “O‘zbekkonsert” ishlab chiqarish tashkilotlariga ishga joylashish bo‘yicha tavsiyalar oldilar.

    📈Filial direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari, o‘quv dasturlarining yangilanishi hamda talabalarga yaratilgan yangi imkoniyatlar bilan tanishtirdi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook