Talabalikka bag‘ishlov – 2025

    2025-yil 3-sentyabr kuni S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent shahar filialida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan hamda yangi 2025–2026 o‘quv yilida qabul qilingan talabalarni kutib olish maqsadida “Talabalikka bag‘ishlov” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

    ✔️Tadbir doirasida talabalar universitetda yangi o‘quv yilida ochilgan ijodiy ustaxonalar, “Kinooperatorlik mahorati” kafedrasi, registrator ofisi, talabalar uchun maxsus liboslar va grimerxonalari, raqs xonasi, kinozallar hamda yaratilgan barcha imkoniyatlar bilan tanishtirildi. Bularning barchasi yosh ijodkorlarning bilim olishi, mahoratini oshirishi va ijodiy rivojlanishi uchun yaratilgan shart-sharoitlardir.

    📚Rejissura kino va TV, Dramaturgiya va Kinooperatorlik yo‘nalishlariga qabul qilingan 1-bosqich talabalarga talabalik guvohnomalari tantanali ravishda topshirildi.

    🏅Shuningdek, iqtidorli talabalar va fidoyi professor-o‘qituvchilarga minnatdorchilik bildirilib, tashakkurnomalar topshirildi.

    Ushbu unutilmas lahza yosh ijodkorlar hayotida talabalik sari qo‘yilgan ilk qadami bo‘lib, ularga yangi marralarni zabt etishda kuch va ilhom bag‘ishladi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook