1-kurs talabalari universitet bilan yaqindan tanishdilar.

    📌2025-yil 4-sentyabr kuni BDKU Toshkent filialida 2025–2026 o‘quv yilida qabul qilingan 1-kurs talabalari universitet faoliyati hamda “O‘zbekfilm” kinokonserni bilan yaqindan tanishdilar.

    ▶️Filial direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev, Kinooperatorlik kafedrasi mudiri professor X.B. Hasanov hamda professor-o‘qituvchilar talabalarga universitetda yaratilgan barcha zamonaviy sharoitlar bilan tanishtirdilar.

    🗣️Shuningdek, talabalar “O‘zbekfilm” kinokonserniga tashrif buyurib, suratga olish maydonchalari va ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

    ⭐️Bu uchrashuv yoshlar uchun muhim taassurotlar va ijodiy ilhom manbai bo‘ldi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook