BDKU Toshkent filialida Mustaqillik darslari bo‘lib o‘tdi.

    2025-yil 8-sentyabr kuni BDKU Toshkent filialida Mustaqillik darslari bo‘lib o‘tdi.

    ✔️Tadbirda filial direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev, direktor o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar. Shuningdek, 1-kursga qabul qilingan talabalarga filial administratsiyasi xodimlari tanishtirildi.

    🗣️Dars davomida Mustaqillik mazmuni va ahamiyati haqida ma’ruzalar tinglandi. Xususan, professor S.K. Annamuratova talabalarga Mustaqilligimizning tarixiy va ma’naviy qadr-qimmati haqida ma’ruza qilib berdi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook