Diqqat e’lon!
🎬 “Mening O‘zbekistonim” videoroliklar tanlovida ishtirok eting.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida tashkil etilayotgan “Mening O‘zbekistonim” videorolik tanlovi – bu Vatanimizni sevuvchi, ijodkor, iste’dodli talabalar uchun katta imkoniyat!
✅ Tanlovning maqsadi:
↪️Talabalarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish;
↪️Ijodiy, aktyorlik va rejissyorlik mahoratini namoyon etish;
↪️O‘zbekiston tarixi, madaniyati va yutuqlarini keng targ‘ib etish.
🎥 Tanlovda OTM talabalari – 1–10 kishilik jamoalar yoki yakka ishtirokchilar qatnashishi mumkin.
📤Tanlovga davomiyligi 3-4 daqiqa, formati MPEG-4 bo‘lgan va muallifning o‘zi videoning kamida 60–70% qismida ko‘ringan materiallar qabul qilinadi. Ijodiy yondashuv, ovoz, montaj va badiiy mahorat alohida baholanadi
🏆Tanlov g‘oliblari quyidagicha taqdirlanadi:
↪️1-o‘rin – 15 million so‘m
↪️2-o‘rin –12 million so‘m
↪️3-o‘rin – 10 million so‘m
↪️4-o‘rin – 8 million so‘m
↪️5-o‘rin – 5 million so‘m
🏆 Tanlovning oliygoh bosqichi g‘oliblari o‘zi tahsil olayotgan ta’lim tashkiloti tomonidan faxriy yorliq bir martalik pul mukofotlari bilan rag‘batlantiriladi.
➡️Tanlov nizomi bilan tanishish
Tanlovda ishtirok etish istagidagi nomzodlar oliygohlardagi Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.
Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook