“Ma’rifat ulashib” mavzusidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi
#📚⚡️O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 2-oktabrdagi 382-sonli buyrug‘iga hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari bilan kelishilgan holda, BDKU Toshkent filiali direktorining 2025-yil 14-oktabrdagi №01-105-sonli “Ma’rifat ulashib” mavzusidagi buyrug‘iga asosan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
📌Uchrashuvni ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari A. A. Yuldashev olib bordi. Tadbirda professor-o‘qituvchilar hamda iste’dodli talabalar faol ishtirok etishdi.
Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari –
✔️filologiya fanlari doktori, professor, “Do‘stlik” ordeni va “Shuhrat” medali sohibi N. Jabborov,
✔️falsafa fanlari doktori, professor, taniqli shoirа S. Tuychieva,
✔️filologiya fanlari doktori, professor, “Shuhrat” medali sohibi A. Karimovlar ishtirok etishdi.
Uchrashuv savol-javoblarga boy, samimiy va ilhomlantiruvchi ruhda o‘tdi.
Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook