M.V. Lomonosov nomidagi MDU Toshkent filialida raqs bo‘yicha tanlov bo‘lib o‘tdi.

    🔖Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha besh tashabbusni amalga oshirish doirasida O‘zbekistondagi xorijiy oliy ta’lim muassasalari filiallari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi.

    Mazkur memorandum asosida 2025-yil 24-oktabr kuni M.V. Lomonosov nomidagi MDU Toshkent filialida raqs bo‘yicha tanlov bo‘lib o‘tdi.

    ✔️Ushbu tanlovda S.A. Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent shahar filialining 2-kurs “Aktyorlik san’ati” yo‘nalishi talabalari faol ishtirok etishdi.

    ✨ “Zamonaviy raqs” yo‘nalishida — faxrli 2-o‘rin,
    “Juftlik raqsi” yo‘nalishida — faxrli 3-o‘rin,
    “Milliy raqs” yo‘nalishida esa — “Tanlovning faol ishtirokchisi” diplomi bilan taqdirlandilar.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook