Hurmatli hamkasblar va talabalar!
Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun bilan samimiy tabriklaymiz!
Konstitutsiya – bu yurtimiz mustaqilligi, demokratik taraqqiyoti, qonun ustuvorligi hamda inson huquq va erkinliklarining mustahkam kafolatidir.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, Konstitutsiya – xalqimiz irodasi, adolatli davlat va erkin fuqarolik jamiyatini barpo etishning mustahkam huquqiy poydevoridir.
Bugungi kunda Asosiy Qonunimiz har bir fuqaroning huquq va manfaatlarini himoya qilishda, jamiyatda tinchlik, barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlashda hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda.
Sizlarga mustahkam sog‘liq, tinch-osuda hayot, yurtimiz ravnaqi yo‘lida yangi yutuq va zafarlar tilaymiz!
Konstitutsiya – bu qonuniylik, adolat va taraqqiyot ramzidir!
Hurmat bilan,
Toshkent shahridagi “S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti” filiali direktori, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor Meliqo‘ziyev Iqbol Mamasodiqovich
Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook
