Hujjatli film premyerasiga taklif etamiz!

    🎬 ⚡️2025-yil 22-dekabr, soat 19:00 da “Televideniya va kino prodyuseri” ta’lim yo‘nalishi 5-kurs talabasi A. Ibragimov hamda Moskvadagi BDKI talabalari hamkorligida suratga olingan “Aktyor nashego vremeni” hujjatli filmining premyerasi bo‘lib o‘tadi.

    📍Premyera manzili:
    O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi qoshidagi “Renessans” kino uyi.

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Kinooperatorlik ta’limi

    🎬Kinooperatorlik ta’limi: nazariya va amaliyot uyg‘unligi
    ⚡️Amaliyotdagi ijodiy tajriba

    ➡️BDKU Toshkent filiali Kinooperatorlik yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Konstantinov Stepan Andrey Tarkovskiyning “Ivanning bolaligi” filmi asosida (Umid Malikov ijodiy ustaxonasi) kurs ijodiy ishini amalga oshirmoqda.

    Tasvirga olish jarayonlari filialning maxsus kinopavilyonlarida o‘tkazilib, rassom va rejissyorlar bilan hammualliflikda kino yoritilishi uslublari ustida ijodiy tajribalar olib borilmoqda. Sun’iy chiroqlar yordamida tabiiy yorug‘lik muhitini yaratish orqali talabalar o‘z amaliy mahoratlarini oshirib bormoqdalar.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

PF–207-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida

    ⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 noyabrdagi “Aholi salomatligi va millat genafondini giyohvandlik hamda narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–207-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida 2025 yil 17 dekabr kuni filial professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun jazoni ijro etish muassasalariga tashrif tashkil etildi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

BDKU filialida strategik yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

    ⚡️Filialda ta’lim, ma’naviyat va giyohvandlikka qarshi kurash masalalari muhokama qilindi

    🗣️2025-yil 15-dekabr kuni filialda 2026-o‘quv yiliga mo‘ljallangan ustuvor vazifalarni belgilashga bag‘ishlangan strategik yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda direktor o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari hamda kafedra mudirlari ishtirok etdi.

    Yig‘ilish filial direktori, professor I. Meliqo‘ziev rahbarligida o‘tkazilib, O‘zbekiston Respublikasi tomonidan belgilangan ta’limni modernizatsiyalash, yoshlar siyosatini kuchaytirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish hamda giyohvandlikka qarshi murosasiz kurash yo‘nalishlarini izchil amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

    Xususan, filialda:
     — talabalar uchun o‘quv-ijodiy ustaxonalardagi sharoitlarni tubdan yaxshilash;
     — ilmiy-ijodiy innovatsiyalarni amaliyotga joriy etish;
     — ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish;
     — yoshlar orasida giyohvandlik va zararli odatlarning oqibatlarini yorituvchi ijodiy ishlar va targ‘ibot loyihalarini yaratish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

    Muhokamalar davomida jamoa tomonidan ilgari surilgan takliflar asosida aniq chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, ularni amaliyotga joriy etish bo‘yicha qat’iy topshiriqlar berildi. Belgilangan vazifalar ijrosi, mas’ul shaxslarning shaxsiy javobgarligi hamda doimiy nazorat mexanizmlarini kuchaytirish ustuvor vazifa sifatida qayd etildi.

    Mazkur yig‘ilish davlat siyosati talablaridan kelib chiqib, filialda ta’lim sifati, ilmiy salohiyat va ma’naviy muhitni mustahkamlash, shuningdek, yoshlarni sog‘lom, ongi toza va vatanparvar etib tarbiyalash yo‘lida muhim va amaliy qadam sifatida baholandi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

15–17-dekabr kunlari malaka oshirish o‘quv kurslari tashkil etildi.

    ⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2025-yil 22-yanvar kuni oliy ta’lim va ilm-fan sohasida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan taqdimotda belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, 2025-yilning 15–17-dekabr kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan malaka oshirish o‘quv kurslari tashkil etildi.

    Mazkur malaka oshirish o‘quv kurslarida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari J. Shomurodov faol ishtirok etmoqda.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook