OGOHLANTIRISH!

⚡️ O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq, giyohvandlik vositalari va psixotrop (narkotik) moddalarni tayyorlash, saqlash, tashish, sotish yoki tarqatish uchun 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

Qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ymang. Qonun oldida barcha tengdir.

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Innovatsiya va taraqqiyot ustuvor:

    ⚡️Innovatsiya va taraqqiyot ustuvor: filialda strategik vazifalar belgilandi

    📈Filialda 2026-yilga mo‘ljallangan ustuvor rivojlantirish vazifalarini belgilashga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish direktor I.M. Meliqo‘ziyev rahbarligida bo‘lib o‘tdi.

    🗣️Yig‘ilishda tashkiliy tuzilma, moliyaviy va shtat jadvallarini samarali taqsimlash bo‘yicha batafsil muhokamalar olib borildi. Ilmiy-innovatsion faoliyatni rivojlantirish, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash, professor-o‘qituvchilarni xalqaro va davlat grantlariga jalb etish, ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. Bu jarayonlar ijrosi Ilmiy-innovatsiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari A. Yuldashev zimmasiga yuklatildi.

    Shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tubdan takomillashtirish, yoshlar ongida milliy qadriyatlar va vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash bo‘yicha manzilli rejalar ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi. Ushbu yo‘nalishdagi topshiriqlar Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari J. Shomurodovga berildi.

    ✔️Yig‘ilish yakunida qabul qilingan qarorlar ta’lim sohasida olib borilayotgan davlat siyosati bilan hamohangligi va filialning barqaror rivojiga xizmat qilishi qayd etildi.

 

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Erasmus+ dasturi

    ⚡️2025-yil 12-dekabr kuni Toshkent shahar Iqtisodiyot universitetida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Munira Aminova, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov hamda Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi X.E. Toyvo Klaarlar raisligida Yevropa Ittifoqi bilan ta’lim (Erasmus+ dasturi), tadqiqot va innovatsiyalar (Gorizont Yevropa dasturi) yo‘nalishlarida O‘zbekiston samaradorligini oshirish va hamkorlik istiqbollariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.

    ✔️Mazkur anjumanda BDKU Toshkent filialidan “Kinooperatorlik mahorati” kafedrasi mudiri, fan doktori, dotsent Muxamedova Regina Suxrobovna ishtirok etmoqda.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Ta’lim sifatini oshirish sari

    ⚡️#Ta’lim sifatini oshirish sari: Filialda muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

    🗣️2025-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi va 2026-yil uchun rivojlantirish rejalari muhokamasi jarayonida direktor I.M.Meliqo’ziev rahbarligida filialning tashkiliy tuzilmasi hamda moliyaviy-shtat jadvallarini to‘g‘ri va samarali taqsimlash bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.

    Shuningdek, ilmiy-innovatsion faoliyatni kuchaytirish, o‘quv-tarbiyaviy jarayonlarni yanada takomillashtirish va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlarni zamon talablari asosida olib borish bo‘yicha batafsil tayyorgarlik amalga oshirildi.

    Yig‘ilish davomida oliygoh faoliyatini izchil isloh qilish, ta’lim jarayonini modernizatsiya qilish, talabalarga yaratiladigan sharoitlarni yanada yaxshilash hamda xalqaro standartlarga mos boshqaruv tizimini shakllantirishga doir ustuvor vazifalar belgilandi.

    Mazkur kelishuvlar ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar bilan hamohang bo‘lib, filialning barqaror rivojlanishi va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

“KVN” bellashuvi bo‘lib o‘tdi.

    ⚡️Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha besh tashabbusni amalga oshirish doirasida  O‘zbekistondagi xorijiy oliy ta’lim muassasalari filiallari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan.

    ✔️Mazkur memorandum doirasida 2025-yil 10-dekabr kuni M.V. Lomonosov nomidagi MDU Toshkent filialida “KVN” bellashuvi bo‘lib o‘tdi.

    🎉Ushbu tanlovda S.A. Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent shahar filiali talabalari munosib ishtirok etib, faxrli 1-o‘rin va kubokni qo‘lga kiritdilar.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook