“Dunyo talabalar nigohida”

    🎓 BDKU Toshkent filiali – ijod va innovatsiya markazi

    BDKU Toshkent filialining “Kinooperatorlik” ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan iqtidorli talabalari ishlab chiqarish tashkilotlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan amaliyot mashg‘ulotlari asosida “Dunyo talabalar nigohida” nomli foto-ko‘rgazmani tashkil etdilar.

    Ko‘rgazmada ta’lim jarayonlari hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar talabalarning ijodiy nigohi orqali aks ettirildi.

    📍 Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Ta’lim sohasini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Sherzod Sharipov tashrif buyurdi.

    Filial direktori, professor Iqbol Meliqo‘ziyev mehmonni filialda olib borilayotgan ta’lim jarayonlari va innovatsion rivojlanish yo‘nalishlari bilan tanishtirib, sun’iy intellekt yo‘nalishidagi yangi kurslar hamda KinoLabAI loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

    🤝 Tashrif davomida tomonlar ta’lim tizimini zamonaviy texnologiyalar asosida rivojlantirish va sun’iy intellektni kino hamda audiovizual san’atga integratsiya qilish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook