Homiylarga samimiy minnatdorchilik bildiramiz!



2026-yil 28-mart kuni filial direktori, professor I.Meliqo‘ziyev tomonidan talabalar bilan ochiq va samimiy uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida talabalarni qiziqtirgan masalalar muhokama qilinib, joyida hal etilishi mumkin bo‘lgan muammolar bartaraf etildi.
Shuningdek, zamonaviy kino va media sohasi talablariga mos ravishda ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish maqsadida homiylar tomonidan xarid qilingan yangi professional texnik jihozlar taqdim etildi.
Jumladan, Aputure / Amaran 300c, Tubus (Projection Lens) C300, Softbox (300c uchun), Grip Head, Amaran F22c Flexible LED Mat, LED yoritish panellari (Panel Light), Mega boom va Moon Light Amaran 300c kabi zamonaviy uskunalar talabalar ixtiyoriga topshirildi.
Mazkur jihozlar talabalarga amaliy mashg‘ulotlar, suratga olish jarayonlari hamda ijodiy loyihalarda keng foydalanish imkonini beradi. Direktor, professor I.Meliqo‘ziyev tomonidan kinooperator va kinorejissyor yo‘nalishi talabalarga ushbu texnikalarning imkoniyatlari haqida batafsil tushuntirish berildi.
Bu esa talabalarning professional ko‘nikmalarini oshirish hamda xalqaro standartlarga mos mutaxassislar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook
