Navro‘z bayrami boshlandi!







2026-yil 30-mart kuni S.A. Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent filialida Navro‘z umumxalq bayrami katta tantana bilan boshlandi.
Bayram dasturi filial direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev tomonidan ochib berildi. U barcha jamoani bahorning eng go‘zal bayrami – Navro‘z bilan samimiy tabriklab, ezgu tilaklarini bildirdi.
Navro‘z bayrami doirasida turli yo‘nalishlarda sport musobaqalari hamda qiziqarli milliy o‘yinlar tashkil etildi.
Bayram chinakam bahor shukuhi, milliy qadriyatlar va samimiy muhitga boy tarzda o‘tdi. Tadbir davomida “Oq terakmi, ko‘k terak” kabi milliy o‘yinlar, turli sport musobaqalari tashkil etilib, talabalar va ustozlar faol ishtirok etdilar.
Bayram davomida an’anaviy bahor taomi — sumalak tayyorlandi. Talabalar va ustozlar birgalikda ushbu qadimiy taomni tayyorlab, bayramona muhitni yanada boyitdilar.
Bayram dasturxoni bezatilib, barchaga taklif etildi. Samimiy suhbatlar, kulgu va iliq muhit Navro‘zga xos kayfiyatni yaratdi.
Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook
