“O‘zbekiston mendа yashaydi” milliy kontentlar tanlovini e’lon qiladi.

    O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Yoshlar ishlari agentligi “O‘zbekiston mendа yashaydi” milliy kontentlar tanlovini e’lon qiladi.

    Tanlovda Vatan muhabbati, qadriyatlar va yurt mehri aks etgan videoroliklar hamda fotosuratlar qabul qilinadi. Mukofot jamg‘armasi — 170 million so‘m.

    Ishlarni 25-avgustga qadar @oyinauz_bot orqali yuboring. G‘oliblar 1-sentabr kuni e’lon qilinadi.

    Loyihada xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar ham ishtirok etishlari mumkin.

    Batafsil 

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

BDKU Toshkent filialiga Rossiya Federatsiyasining O’zbekistondagi Elchixonasi vakillari tashrif buyurishdi.

    2025-yil 5-avgust kuni BDKU Toshkent filialiga Rossiya Federatsiyasining O’zbekistondagi Elchixonasi vakillari hamda “Rossotrudnichestvo”ning O’zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi rahbari L.A. Staroselskaya, Rossiya elchixonasining maslahatchi-elchisi A.V. Lanchikov, birinchi kotib A.B. Nanieva tashrif buyurishdi.

    🤝 Tashrif doirasida filial direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda tomonlar yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari, qo‘shma madaniy-ma’rifiy tadbirlar hamda istiqbolli loyihalarda hamkorlik masalalarini muhokama qilib, kelishib oldilar.

    🎉 Tashrif yakunida BDKU professori R.A. Sagdullayevning tavallud ayyomi munosabati bilan samimiy tabriklar bildirildi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

BDKU Toshkent filialida “Rektorlik soati” yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

    🗓 2025-yil 4 avgust kuni BDKU Toshkent filialida “Rektorlik soati” yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

    Yig‘ilishni filial direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev ochib berdi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-iyuldagi 232-sonli qarori bilan tanishtirdi.

    Kun tartibiga muvofiq quyidagi masalalar bo‘yicha mas’ullarning hisobotlari tinglandi:
     – Ijro intizomi bo‘yicha hisobot
     – Kontrakt to‘lovlari bilan bog‘liq masalalar
     – 2025–2026 o‘quv yili uchun qabul komissiyasi faoliyati
     – Yangi o‘quv yilida “Kinooperatorlik mahorati” kafedrasining dars soatlarini taqsimlash bo‘yicha takliflar
     – 2025–2026 o‘quv yiliga tayyorgarlik ko’rish bo’yicha

    Yig‘ilish yakunida xodimlarga o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashish, ish joyiga o‘z vaqtida yetib kelish va filial rivojiga munosib hissa qo‘shish zarurligi yana bir bor ta’kidlandi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook