⚡️ “Exo Evraziya-Kinofest” xalqaro kino forumi doirasida mahorat darsi! ✔️2025-yil 9-noyabr kuni BDKU Toshkent filialida “Exo Evraziya-Kinofest” xalqaro kino forumi doirasida taniqli pedagog Grigoriy Adamenko tomonidan aktyorlik mahorati va sahna nutqi bo‘yicha mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.

    ✔️2025-yil 9-noyabr kuni BDKU Toshkent filialida “Exo Evraziya-Kinofest” xalqaro kino forumi doirasida taniqli pedagog Grigoriy Adamenko tomonidan aktyorlik mahorati va sahna nutqi bo‘yicha mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Xalqaro kinoforum

    ⚡️Xalqaro kinoforum — Yevroosiyo mamlakatlari kinofestivali “Exo Yevraziya-Kinofest” doirasida rossiyalik teatr va kino aktyori, pedagog Grigoriy Adamenko tomonidan mahorat darsi o‘tkazildi.

    🎭Mahorat darsi davomida aktyorlik san’ati, obraz yaratish jarayoni hamda sahna va ekran ifoda vositalari haqida qiziqarli tajriba va bilimlar almashildi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

“Exo Yevraziya-Kinofest” doirasida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi!

    ▶️Xalqaro kinoforum — Yevropa va Osiyo mamlakatlari kinofestivali “Exo Yevraziya-Kinofest” doirasida taniqli rejissor, prodyuser va “Nol Plyus” onlayn kinoteatri asoschisi Nikolay Dann tomonidan mahorat darsi o‘tkazildi.

    ⭐️Bu uchrashuv yosh ijodkorlar uchun o‘z ijodiy salohiyatini namoyish etish va yangi g‘oyalar bilan boyish imkonini berdi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

“Listopad”

    ⚡️2025-yil 31-oktabrdan 7-noyabrgacha Minsk shahrida o‘tkazilayotgan XXXI Minsk xalqaro kinofestivali “Listopad”da O‘zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist, BDKU Toshkent filiali faxriy professori Rustam Abdullaevich Sagdullayev asosiy tanlov hay’ati a’zosi sifatida ishtirok etmoqda.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

“Yevraziya-Kinofest” kinoforumi tantanali ravishda ochildi!

    🤝Uchrashuvdan so‘ng BDKU Toshkent filiali direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev, kinoforum rahbari V.V. Matveychuk hamda kinorejissyor J.X. Fayziyev birgalikda “Yevraziya-Kinofest” kinoforumini tantanali ravishda ochib berishdi.

    🗓2025-yil 8-noyabrdan boshlab BDKU Toshkent filialida kinoforum doirasida mahorat darslari bo‘lib o‘tadi.

    ✨Ushbu darslar yosh ijodkorlar uchun tajriba almashish, yangi bilim olish va professional kino olami bilan yaqindan tanishish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ladi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

I.M. Meliqo‘ziyev V.V. Matveychuk hamda J.X. Fayziyevni qabul qildi.

    ✔️2025-yil 7-noyabr kuni BDKU Toshkent filiali direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev kinoforum rahbari V.V. Matveychuk hamda taniqli kinorejissyor J.X. Fayziyevni qabul qildi.

    🤝Uchrashuv davomida talabalarining kinofestival doirasida o‘z ijodiy ishlari bilan ishtirok etishi, o‘zaro tajriba almashish, yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash va madaniy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari bo‘yicha kelishuvga erishildi.

    ⭐️ “Yevraziya-Kinofest” — yosh iste’dodlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochuvchi ijodiy maydon!

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook