“Yevraziya-Kinofest” kinoforumi Toshkentda!

    📌7–9 noyabr kunlari Toshkent shahrida “Yevraziya” xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi avtonom nodavlat tashkiloti tomonidan “Yevraziya-Kinofest” kinoforumi o‘tkaziladi.

    ⌛Dastur doirasida:
     • “Yevraziya-Kinofest” g‘oliblarining filmlari namoyish etiladi;
     • mashhur kino va estrada san’atkorlari bilan uchrashuvlar;
     • aktyorlik mahorati bo‘yicha master-klasslar;
     • yoshlar uchun kinopedagogika kurslari tashkil etiladi.

    📍Asosiy tadbirlar, uchrashuvlar va master-klasslar BDKU Toshkent filialida bo‘lib o‘tadi.
Barcha ishtirokchilar uchun kirish bepul.

    ➕Talabalar va kinosevar yoshlarni faol ishtirok etishga chorlaymiz!

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Tohir Samandarovich “Kelajak soati” doirasida mashg‘uloti olib bordi.

    ⚡️O‘zbekiston Xalq artisti, teatr va kino aktyori, BDKU Toshkent filiali ijodiy ustaxona rahbari, professor Tohir Samandarovich Saidov o‘zi tahsil olgan Bog‘olon qishlog‘idagi 14-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar uchun “Kelajak soati” doirasida “O‘zbekiston va jahon” mavzusida dars mashg‘uloti olib bordi.

    ✔️Dars davomida o‘quvchilar bilan ochiq va samimiy suhbat tashkil etilib, ularda Vatan va jahon haqida yangi bilim va tasavvurlar shakllantirildi.

    ⭐️Bu uchrashuv yoshlar uchun ilhom va motivatsiya manbai bo‘ldi!

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

“Rossiya — Markaziy Osiyo mintaqasi”

    ☄️BDKU Toshkent filiali talabalari “Rossiya — Markaziy Osiyo mintaqasi” forumida!

    💥20–23 oktyabr kunlari Omsk shahrida “Rossiya — Markaziy Osiyo mintaqasi” V Yosh liderlar forumi bo‘lib o‘tdi. Forumda butun mintaqadan talabalar, ijodkorlar va yosh mutaxassislar qatnashdi.

    ✔️BDKU Toshkent filialidan:
    Nikuladze Natella (5-kurs, “Kino va TV prodyuseri” yo‘nalishi)
    Konstantinov Stepan (2-kurs, “Kinooperatorlik mahorati” yo‘nalishi, Umid Rifardovich Malikov ustaxonasi) talabalari ishtirok etishdi.

    🎙Talabalar “Media” yo‘nalishida va spiker sifatida “Madaniy ko‘priklar” yo‘nalishida mahorat darsi o‘tkazib, prodyuserlik, storytelling hamda turli madaniyatlarni birlashtiruvchi loyihalar yaratish tajribasi bilan o‘rtoqlashishdi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

BDKU Toshkent filiali vakillari Uchtepa tumanidagi 44-maktabda uchrashuv o‘tkazishdi.

    ⚡️S.A. Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent filiali vakillari Uchtepa tumanidagi 44-maktabda bo‘lib, kino san’atiga qiziqqan bitiruvchilar bilan uchrashuv o‘tkazishdi.

    ⭐️Filial talabalari va xodimlari o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, talabalik hayoti, ijodiy yo‘nalishlar hamda abituriyentlar uchun tayyorlov kurslari haqida batafsil ma’lumot berishdi.

    🔼Uchrashuv davomida o‘qish yo‘nalishlari, ijodiy kasblarning o‘ziga xos jihatlari va filialda ta’lim olish imkoniyatlari haqida so‘z yuritildi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

25-oktabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni

    🎬 BDKU Toshkent filiali 2025-yil 23-oktabr kuni BDKU Toshkent filiali talabalari O‘zbekiston xalq artisti G‘ulomiddin Yo‘qubov ijrosidagi qo‘shiqqa videoklip tasvirga oldilar.

    💐 Mazkur ijodiy ish orqali talabalar 25-oktabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan barchani samimiy tabriklaydilar!

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook