Kinooperatorlik yo‘nalishi 1-kurs talabasi – Mamasodiqov Ozodbek

    Konstitutsiya – mening nigohimda.
    41-modda. Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab faoliyati davlat nazoratidadir.

    ✔️BDKU Toshkent filiali, Kinooperatorlik yo‘nalishi 1-kurs talabasi – Mamasodiqov Ozodbek

    Kinooperator – kinorejissyor Xamid Xasanov ijodiy ustaxonasi

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

J.X. Shomurodov talabalarning yashash sharoitlari bilan tanishdi.

    ⚡️2025-yil 4-dekabr kuni BDKU Toshkent filiali Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari J.X. Shomurodov ijara uyda yashayotgan talabalarning yashash sharoitlari bilan tanishdi.

    Tashrif davomida talabalar yashayotgan muhit o‘rganildi, ularning fikr va takliflari tinglandi, shuningdek, xonadon egalari bilan ham muloqot olib borildi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

J.X. Shomurodov talabalarning yashash sharoitlari bilan tanishdi.

    ⚡️2025-yil 3-dekabr kuni S.A. Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent filiali direktori yoshlar masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari J.X. Shomurodov Chilonzor ko‘chasi, 28-uy manzilida ijara uyda yashayotgan talabalarning yashash sharoitlari bilan tanishdi.

    Uchrashuv davomida talabalar bilan suhbat o‘tkazilib, uy egasi bilan sharoitlarni yanada yaxshilash, talabalarning xavfsizligi va qulayligini ta’minlash hamda ta’lim muassasasi bilan o‘zaro aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

 

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

MUROJAAT

    📌 Aziz yoshlar, mehribon ota-onalar va muhtaram ustozlar!
    Farzand — insonning dunyodagi eng aziz ne’mati. Shuning uchun ota-ona bolasini ko‘z qorasidek asraydi, himoya qiladi. Bolasiga yaqinlashgan har qanday balodan himoya qilish uchun ko‘ksini qalqon qiladi. Minnatdor o‘g‘il-qizlar buni yaxshi biladilar. Keksaygan aziz ota-onalarini boshlariga ko‘tarib, ardoqlaydilar.

    Azizlar!
    Bu zamonda yoshlarga ko‘z tikkan balo va tahdidlar ko‘p. Shulardan biri — giyohvandlik balosi.
    Bolalarimizni bu balodan himoya qilishga otlanaylik. Aks holda u yoshlarimizning nafaqat sog‘ligini, balki bo‘lajak oilalarni, butun jamiyat kelajagini barbod qiladi.
    Shunday ekan, biz — yoshlar, ota-onalar hamda pedagoglar — har birimiz bu illatga qarshi qat’iy va birlashgan holda kurashishimiz zarur.
    Ming afsuski, mamlakatimizda ham ayrim yoshlar bilib yoki bilmay, vaqtinchalik zavq izlab yoki oson pul topay deb, bu illatga aralashib qolib, o‘zlarining baxtli kelajagini barbod qilmoqdalar.

    Aziz yoshlar!
    Sizdagi sog‘lom ma’naviyat, kuchli iroda, bilimga tashnalik — mamlakatimiz kelajagining asosidir.
    Hech qachon “bir marta sinab ko‘raman” degan aldovlarga ishonmang. Giyohvand moddalar hayotingizni kemiruvchi zahar, ertangi orzularni o‘g‘irlovchi illat ekanligini unutmang.
    Giyohvandlik hamda narkojinoyatchilik har bir insonning oilasiga baxtsizlik olib keladi, butun jamiyatning osoyishtaligiga putur yetkazadi.

    Hurmatli ota-onalar!
    Farzandlarimizga e’tiborli bo‘laylik! Ularga har kuni e’tibor va mehr ko‘rsataylik. Ular bilan ochiq muloqot qilaylik, tinglaylik, qolaversa muammolaridan boxabar bo‘laylik. Yoshlarga yaxshi fazilatlarni o‘rgatib, yomon odatlarni tark etishni, shuningdek to‘g‘ri-noto‘g‘ri ishlarni farqlashni o‘rgataylik.
    Farzandning qalbida mehr, ishonch, ma’naviyat bo‘lsa, begona g‘oyalar uning yuragiga hech qachon kira olmaydi.
    Jigarbandlarimizni giyohvandlik balosidan asrashimiz uchun barchamiz ogoh va hushyor bo‘lib, giyohvandlikning barcha ko‘rinishlariga qarshi birgalikda kurashishimiz zarur.

    Qadrli ustozlar!
    Yosh avlodni tarbiyalashda sizning rolingiz beqiyosdir. Ta’lim muassasalarida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, giyohvandlikning salbiy oqibatlarini yoshlar ongiga yetkazish — bugungi kunning dolzarb vazifasidir. Har bir dars, har bir suhbat yosh qalbda sog‘lom fikr, mas’uliyat tuyg‘usini uyg‘otishi lozim.
    Shogirdlarimizni o‘z farzandlarimizdek asrashimiz lozim!
    Barchamiz birlashaylik! Millat xoinlari bo‘lmish narkojinoyatchilarga murosasiz, keskin munosabatda bo‘lib, ularga qarshi kurashishda huquqni muhofaza qilish organlariga faol ko‘maklashaylik.

    Unutmang! O‘zbekistonning tinch va sog‘lom kelajagi — har birimizning bugungi hamjihatligimiz, qat’iy harakatimizga bog‘liqdir!

    Toshkent shahridagi “S.A. Gerasimov nomidagi
    Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti” filiali direktori,
    san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor
    Meliqo‘ziyev Iqbol Mamasodiqovich

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook