“KVN” bellashuvi bo‘lib o‘tdi.

    ⚡️Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha besh tashabbusni amalga oshirish doirasida  O‘zbekistondagi xorijiy oliy ta’lim muassasalari filiallari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan.

    ✔️Mazkur memorandum doirasida 2025-yil 10-dekabr kuni M.V. Lomonosov nomidagi MDU Toshkent filialida “KVN” bellashuvi bo‘lib o‘tdi.

    🎉Ushbu tanlovda S.A. Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent shahar filiali talabalari munosib ishtirok etib, faxrli 1-o‘rin va kubokni qo‘lga kiritdilar.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

9-dekabr kuni talabalarining orzusi ushaldi!

    ⚡️2025-yil 9-dekabr kuni S.A. Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent filiali talabalarining orzusi ushaldi!

    📌O‘zbekiston xalq artisti, dotsent K. Mirxodiyev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar, dotsentlar R. Abdullaev va B. Xolmirzaev ustaxonalari zamonaviy tarzda mukammal ta’mirdan chiqarilib, talabalarga topshirildi.

    “Aktyorlik mahorati” ustaxonalarining ochilish marosimi tantanali ravishda o‘tkazildi. Tadbirda filial direktori, professor I. Meliqo‘ziev, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etishdi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

“Ssenariusdan ssenariygacha”

    📣 11-dekabr, soat 11:00 da Toshkentdagi BDKU filialida yozuvchi va dramaturg Natalya Sterkina ishtirokida “Ssenariusdan ssenariygacha” mavzusida Q&A (savol-javob) formatidagi mahorat darsi bo‘lib o‘tadi!

    Tadbirda yuqori sinf o‘quvchilari, talabalar, bitiruvchilar va abituriyentlar ishtirok etishi mumkin.

    Natalya Iosifovna Sterkina — Moskva yozuvchilar uyushmasi va Rossiya yozuvchilar uyushmasi a’zosi, 6 ta nasriy kitob, bir nechta pyesa va kinossenariylar muallifi.

    Manzil: Toshkent shahri,Chilonzor ko’chasi 1 A

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

“Konstitutsiya – mening nigohimda”

    ⚡️2025-yil 9-dekabr kuni “Aktyorlik mahorati” ustaxonalarining ochilish marosimi doirasida “Konstitutsiya – mening nigohimda” nomli foto, videorolik va maqolalar tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

    Filial direktori I. Meliqo‘ziyev tomonidan talabalar esdalik sovg‘alari va sertifikatlar bilan taqdirlandi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook