BDKU Toshkent Filialning yangilangan logosi ishlab chiqildi
BDKU Toshkent filiali rahbariyati Sizga mamnuniyat bilan filialning yangilangan logosi ishlab chiqilganini ma’lum qiladi. Ushbu logodan ijodiy ishlaringizda foydalanishni tavsiya qilamiz!
BDKU Toshkent filiali rahbariyati Sizga mamnuniyat bilan filialning yangilangan logosi ishlab chiqilganini ma’lum qiladi. Ushbu logodan ijodiy ishlaringizda foydalanishni tavsiya qilamiz!
2024-yil 7-avgust kuni S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent filialiga BDKU prorektorlari tashrif buyurishdi.
BDKUning filiallar bo’yicha prorektori Fomin Gleb Aleksandrovich va O’quv-metodik ishlari bo’yicha prorektor Korotkov Igor Vladimirovichni Toshkent xalqaro aeroportida filial direktori, professor I.Meliqo’ziyev boshchiligida iliq kutib olindi.
Filial direktori I.Meliqo’ziev mehmonlarni birinchi navbatda filial bilan tanishtirdi. Mehmonlarga Filialda so’nggi kunlarda qilingan ishlar, yangi o’quv yiliga tayyorgarlik jarayoni, ijodiy ustaxonalar ko’rsatildi.
I.Korotkov va G.Fominga filial faoliyati bo’yicha tayyorlangan taqdimot albom taqdim etildi.
BDKU prorektorlari Filialda 7-9-avgust kunlari bo’lib, faoliyatni takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlar amalga oshiradilar.
⭐️Bugun S.A.Gerasimov nomidagi BDKI Toshkent filiali direktori, professor Iqbol Meliqo‘ziyev filialda yangi o’quv yiliga tayyorgarlik ko’rish yuzasidan qilingan ishlarni ko’zdan kechirdi.
⭐️Yangi o’quv yiliga tayyorgarlik ko’rish bo’yicha filial direktori I.Meliqo‘ziyev filialdagi yangilangan ijodiy ustaxonalar, operatorlik mahorati ustaxonasini, fotostudiyani, ovoz yozish studiyasini yangi o’quv yilida shay xolatga keltirilganligini ko’rdi, o’quv auditoriyalarni tayyorligini ko’zdan kechirdi.
⭐️Shuningdek, ijodiy ustaxonalar, o’quv auditoriyalarni tozaligi bo’yicha mas’ullarga topshiriq berdi.
🎬Dramaturgiya fakulteti talabasi Sanjar Murodshayxovning “Kimono” qisqa metrajli filmi “Будем жить” XIII Moskva xalqaro kinofestivalida ishtirok etadi!
“Будем жить” XIII Moskva xalqaro kinofestivali anʼanaviy tarzda 2024-yil 15-25-avgust kunlari Moskvada boʻlib oʻtadi.
Toshkent shahridagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti filiali 2024/2025-o’quv yili uchun quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qabul e’lon qiladi:
Asosiysi, eng munosiblari imtihonlarda ijodiy suhbat va amaliy jarayonlar orqali saralab olinadi! Shoshiling!
Hujjatlarni topshirish muddati:
2024-yil, 10-avgust
Ta’lim rus tilida olib boriladi.
Qabul komissiyasi:
+99894-728-82-71
+99890-303-05-36
www.vgik.uz
Qabul komissiyasi ish vaqti:
Dushanbadan shanbagacha soat 10:00 dan 18:00 gacha
Toshkent shahridagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti filiali direktori, professor I.Meliqo‘ziyev 3-kurs “Prodyuserlik” yo‘nalishi talabalari bilan muloqot qildi.
Muloqot davomida 2024/2025 o‘quv yilida Filialda yaratilayotgan sharoitlar va kinoloyihalar muhokama qilindi.
Talabalarning o‘quv jarayonlari haqidagi fikr mulohazalari va takliflari tinglanib, ayrimlarini faoliyatda qo‘llash bo‘yicha qabul qilindi.
Shuningdek, Filial direktori I.Meliqo‘ziyev “Jaraquduq mo‘jizasi” filmi rejissyori, filial talabasi Akromali Abdullayevni joriy yilning noyabr oyida Kanadada o‘tkaziladigan xalqaro festivalda ishtiroki bilan tabriklab, Gran pri g‘olibi bo‘lishida omadlar tiladi.