oshkent filialida Farhod Mahmudovning o’zbek milliy ijodiy ustaxonasida Moskva Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti talabalarining bir qator spektakallarni o’tkazishga tayyorgarlik jarayonlari

    S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universitetining Toshkent filialida Farhod Mahmudovning o’zbek milliy ijodiy ustaxonasida Moskva Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti talabalarining bir qator spektakallarni o’tkazishga tayyorgarlik jarayonlari bo’lib o’tmoqda.

    Shuningdek, Farhod Mahmudov va Rustam Sagdullayevlar ijodiy ustaxonalari hamkorlikda «Sahna nutqi» fanida tajriba almashdilar.

2024 yil 10 sentyabr BDKU Toshkent filiali 3-kurs talabalari Uilyam Shekspirning «Qirol Lir» pyesasi sahna fantaziyasini namoyish etdilar

    2024 yil 10 sentyabr BDKU Toshkent filialida professor Rustam Sagdullayev ijodiy ustaxonasida «Aktyorlik san’ati» yo’nalishi 3-kurs talabalari Uilyam Shekspirning «Qirol Lir» pyesasi sahna fantaziyasini namoyish etdilar.
Premyerada filial direktori, professor I.M.Meliqo’ziyev, o’quv-ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari A.V.Xmirov va Ssenariynavislik fakulteti dekani J.X.Shomurodov qatnashdilar.

    Aktyorlik mahorati o’qituvchisi: O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan artist, dotsent Kaminskiy Mixail Davidovich.

 

 

2024-yil 10 sentyabr BDKU Toshkent filiali direktori I.M.Meliqo‘ziyev Toshkent halqaro festival doirasida topshiriq berdi

    2024-yil 10 sentyabr BDKU Toshkent filiali direktori, professor I.M.Meliqo‘ziyev Toshkent halqaro festival doirasida BDKU kunlari bo‘lib o‘tishi munosabati bilan direktor o’rinbosarlari,dekan va dekan o’rinbosarlari bilan BDKU kunlari bo‘yicha ma’sul talabalar va professor va o‘qituvchilarni biriktirish va ta’minlash bo’yicha topshiriq berdi.

 

BDKU Toshkent filialida 9-sentyabr kuni talabalarni kutib olish tadbiri bo’lib o’tdi

    S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent shahridagi filialida 9-sentyabr kuni talabalarni kutib olish tadbiri bo’lib o’tdi.

    Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev qatnashdi va nutq so’zladi. Shuhrat Rizayev 1-kursga qabul qilingan talabalarni tabrikladi.

    Shundan so’ng filial direktori, professor Iqbol Meliqo‘ziyev barcha talabalarni yangi o’quv yili bilan tabrikaldi. Professor Iqbol Meliqo‘ziyev boshchiligida tayyorlangan dastur bo’yicha talabalikka qabul qilingan 1-kurs talabalari o’quv kinoteatriga taklif qilindi. Talabalarga BDKU ning 105 yilligi uchun tayyorlangan film namoyish etildi.

    Shundan so’ng 1-kurs talabalariga filial o’quv ustaxonalari, Renessans kino uyi va O’zbekfilm kinostudiyasi tanishtirildi.

    Shuningdek, o’quv yilining birinchi kuni filialda Mustaqillik darslari tashkil qilindi.

 

Videoga havola: BDKU Toshkent telegram 

2024 yil 7 sentyabr BDKU Toshkent filiali direktori va o‘qituvchilari «Diydor» teatr studiyasida

    2024 yil 7 sentyabr BDKU Toshkent filiali direktori , professor I.M.Meliqo‘ziyev boshchiligida universitet professor va o‘qituvchilari «Diydor» teatr studiyasida Baxodir Yo‘ldoshev va Rima Axmedova xotiralariga bag‘ishlangan “Uchburchak” nomli spektaklning yopiq premyerasida qatnashdilar.

    Badiiy raxbar va rejissyor: Bobur Yo‘ldoshev.

Festival mehmoni

    «Sizlar bilan Toshkentda uchrashishni intiqib kutyapman»

    Taniqli hind aktrisasi Hema Malini Toshkent kinofestivali muxlislariga video murojaat yo’lladi.

    «Taklif uchun rahmat. Tez orada Toshkentda uchrashishni intiqlik bilan kutyаpman», deydi hind yulduzi.

    Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi Axborot xizmati