Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan loyihalar suratga olinmoqda

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” qarori ijrosiga ko‘ra, Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan S.A. Gerasimov nomidagi Toshkent BDKI talabalari ishtirokida “Yangi O‘zbekiston yoshlari” tanlovida g‘olib bo‘lgan loyihalar suratga olinmoqda.

    Ushbu loyihalardan biri bo‘lgan ishchi nomi “Dvornik”filmining suratga olish jarayonlaridan lavhalar bilan bo‘lishamiz.

    🎬 Rejissyor: Yasmin Husanova

Videoga havola: BDKI Tashkent

2024 yil 17 dekabr kuni XIX Xalqaro «Madaniyatlar muloqoti» Mediaforumi doirasida

    XIX Xalqaro «Madaniyatlar muloqoti» Mediaforumi doirasida 2024 yil 17 dekabr kuni Toshkent BDKI filialiga Rossiya Federatsiyasidan (Sankt-Peterburg) Jurnalistlar hamjamiyati Mediakongressi raisi Ashot Yegishevich Jazoyan tashrif buyurdi.

    Uchrashuv davomida 2025 yilda Sankt-Peterburg shahrida XIX Xalqaro «Madaniyatlar muloqoti» Mediaforumi doirasida bo‘lib o‘tadigan xujjatli filmlar festivaliga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi. Festivalda Toshkent BDKI filiali talabalari ishtiroki alohida ta’kidlandi.

    Festival bo‘yicha asosiy ma’lumotlar:

  • Filmlarni topshirish muddati: 2025 yil mart oyi.
  • Talablar: xujjatli filmlar (portret, tarixiy yoki jurnalistik mavzuda), g‘oyaviy jihatdan chuqur yoritilgan bo‘lishi shart.
  • Filmlar 2023-2024 yoki 2024-2025 o‘quv yillarida suratga olingan bo‘lishi lozim.

    Uchrashuv davomida Ashot Yegishevich filial direktori I.M. Meliquziyev bilan kelgusi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.

    Shuningdek, u talabalar uchun noyob mahorat darsini o‘tkazib, o‘zining professional tajribasi, zamonaviy media sohasi haqidagi qarashlari va jurnalistikada madaniyatlar muloqotining ahamiyati haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

  🎓Ashot Yegishevich Jazoyanga tashrifi, samarali muloqotlari va ta’lim tashabbuslariga ko‘rsatgan qo‘llab-quvvatlashi uchun minnatdorchilik bildiramiz!

✅ Filmlarni topshirish uchun: Filialning Xalqaro bo‘limiga murojaat qiling.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:  BDKU Toshkent , +998991472266.

“О‘tmish tushi” filmining tasvirga olish jarayonlari

    S.A. Gerasimov nomidagi BDKI Toshkent filiali talabalari tomonidan ishlab chiqilayotgan qisqa metrajli filmlar!

    🏊“О‘tmish tushi” filmining tasvirga olish jarayonlaridan lavxa

    🔈 Korotkometrajniye filmi studentov Tashkentskogo filiala VGIK imeni S.A. Gerasimova v proizvodstve!

    🏊Kadri iz syomochnogo protsessa filma 🎥 “Son proshlogo”

Videoga havola: Toshkent BDKI

 

BDKI Toshkent filiali talabalari qisqa metrajli filmlar.

    S.A. Gerasimov nomidagi BDKI Toshkent filiali talabalari tomonidan ishlab chiqilayotgan qisqa metrajli filmlar!

    Quyidagilar ijrosini ta’minlash maqsadida:
     • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 avgustdagi “Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi PQ-3176-sonli qarori 2-bandi,
     • Kinematografiya agentligi Badiiy kengashining 2024 yil 5 apreldagi tanlov pitching natijalariga bag‘ishlangan 07/24-15-sonli yig‘ilish bayoni,

    Toshkent filialida “Yangi O‘zbekiston yoshlari” nomli qisqa metrajli filmlar tanlovi o‘tkazildi.

    Ishlab chiqilayotgan filmlar:
     🎬 “Osh”
     🎬 “Intizor”
     🎬 “Drel”
     🎬 “G‘amxo‘rlik”
     🎬 “O‘tmish tushi”
     🎬 “Behbudiy”
     🎬 “V’da”
     🎬 “Quvlashmachoq”
     🎬 “Zang‘ori tosh”.

    Yaqin kunlarda yangi iste’dodli yoshlar filmlari tomoshabinlarga taqdim etiladi! Yangiliklardan xabardor bo‘ling!

E’LON!

    📣2025 yilning 20 yanvaridan S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti Toshkent shahar filiali qoshida 3 oylik bepul “Rus tili” о‘quv kurslari tashkil etiladi!

     🔹 Kimlar qatnashishi mumkin:
    Maktab bitiruvchilari, abituriyentlar va barcha talabalar.

     🔹 Davom etish muddati:
    Kurslar yanvar, fevral va mart oylarida:
    Har payshanba va shanba kunlari soat 14:00 dan 17:00 gacha о‘tkaziladi.

     🔹 Qо‘shimcha ma’lumot:
    S.A. Gerasimov nomidagi BDKI Toshkent filialiga kirish istagidagi abituriyentlar uchun ajoyib imkoniyat!
    Kursni tamomlaganlar sertifikat bilan taqdirlanadi.

     🔹 Rо‘yxatdan о‘tish uchun murojaat qiling:
     Kanalga havola: @VGIKTashkent_bot
     📞 +998 99 147 22 66

 

Toshkent shahridagi BDKI filiali pavilyonlarida mahorat darsi о‘tkazdi.

    Toshkent shahridagi BDKI filiali pavilyonlarida Rossiya Federatsiyasining san’at sohasida xizmat kо‘rsatgan arbobi, Rossiya xalq artisti, IMAGO Yevropa kinooperatorlar ittifoqi a’zosi hamda “Nika” Rossiya kinoakademiyasi a’zosi Igor Klebanov mahorat darsi о‘tkazdi.

    Tadbirda mashhur kinooperator Umid Malikov ham ishtirok etib, talabalar bilan о‘z tajribalari bilan о‘rtoqlashdi.

    Mahorat darsi talabalar uchun operatorlik san’atini yuqori darajada о‘rganishga bebaho imkoniyat bо‘ldi.

Videoga havola: Toshkent BDKI