Eronlik taniqli rejissyor Majid Majidi Toshkentga kelishi kutilmoqda

    O‘zbek tomoshabinlariga “Muhammad – Allohning elchisi” filmi bilan tanish bo‘lgan eronlik rejissyor Majid Majidi Toshkent xalqaro kinofestivalining mehmoni bo‘lishi kutilmoqda.

    Uning mashhurligi 90-yillarning o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. Rejissyorning “Osmon bolalari” filmi 1998-yilda “Oskar” kino mukofotining “Eng yaxshi xorijiy tildagi film” yo‘nalishi bo‘yicha mukofotga nomzod bo‘lgan.

    Bundan tashqari Majidining 1999-yildagi “Jannat guli” va 2001-yildagi “Yomg‘ir” filmlari mos ravishda Monreal kinofestivalida bosh sovrinni qo‘lga kiritgan.

Toshkent xalqaro kinofestivali Axborot xizmati

BDKU Toshkent shahridagi filialida yangi o’quv yiliga tayyorgarlik ko’rilmoqda

    ❗️S.A.Gerasimov nomidagi butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent shahridagi filialida yangi o’quv yiliga tayyorgarlik ko’rilmoqda.
    27 avgust 2024-yil S.A.Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent filialida filial direktori, professor Iqbol Meliqo’ziyev boshchiligida yig’ilish o’tkazildi.
    Y’ig’ilishda filialning 2024/2025-oʻquv yiliga tayyorgarlik holati muhokama qilindi. Mas’ullar tomonidan ish jarayoni, dars soatlari taqsimoti, belgilangan vazifalar ijrosi haqida batafsil maʼlumot berildi. Shu bilan birga, yangi oʻquv yili uchun rejalashtirilgan vazifalar taqdimoti namoyish etildi. Prodyuserlik va Ssenariynavislik fakultetlari dekanlariga dars soatlarini adolatli va shaffof tarzda taqsimlash, o‘quv yuklamalarining bajarilishini jiddiy nazoratga olish topshirig’i berildi.
    Shuningdek, yig’ilishda sentabr oyida o’tkaziladigan Toshkent xalqaro kino festivaliga filial talabalarini volontyor sifatida ishtirok etishga jalb qilish, festival doirasida tashkil etiladigan turli master-klasslar, seminar va konferensiyalarda ishtirok etishi ta’kidlandi.
    Filial direktori, professor Iqbol Meliqo’ziyev Zo’r TV bosh prodyseri bilan hamkorlikda yangi loyihani ishga tushirilayotganligi, bu loyiha BDKU Toshkent filiali talabalari uchun ularning ijodiy qobiliyatlarini ko’rsatishga xizmat qilishini aytib o’tdi.
Filial direktori, professor I.Meliqo’ziyev mas’ullarga yangi o’quv yilidan barcha xodimlarga guvohnomalar tayyorlash, turniketlarni ishga tushirish, billing tizimi, Hemis platformalari bo’yicha shartnomalar tuzish topshirig’ini berdi.

Ссылка на видео: VGIKTashkent

Shoshiling!!!

    S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent filialida Oliy professional kurslarga 20 sentabrgacha hujjatlar qabuli davom etmoqda.
 – Kino lokatsiya prodyuserligi 📆 6 oy 🛍 11 500 000 so’m
 – Teledasturlar boshlochisi 📆 9 oy 🛍 9 600 000
 – Teatr va kino aktyori 📆 2 yil 🛍 1 yil uchun 13 400 000
 – Kinorejissura 📆 2 yil 🛍 1 yil uchun 13 400 000
 – Vizual kontent, televideniye va kino ssenaristi 📆 2 yil 🛍 1 yil uchun 13 400 000
 – Golografiya va interaktiv media rejissyori 📆 9 oy 🛍 13 400 000
 – Kinoshunos-muharrir 📆 1 yil 🛍 8 100 000

Bitiruvchilarga maxsus diplom va sertifikatlar beriladi.

Qo’shimcha ma’lumot uchun

+998991472266

 

Ссылка на видео: @VGIKTashkent

Diyorov Shaxzod Abdinabi o’g’li BDKUning Ssenariynavislik fakulteti dekani o’rinbosari lavozimiga tayinlandi.

    ✅ S.A.Gerasimov nomidagi davlat kinematografiya universiteti Toshkent shahridagi filiali direktorining tegishli buyrug‘iga asosan Diyorov Shaxzod Abdinabi o’g’li BDKUning Ssenariynavislik fakulteti dekani o’rinbosari lavozimiga tayinlandi.

   ✅Shaxzod Diyorov 1997-yil Qashqadaryo viloyatida tug’ilgan.O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida ovoz rejisyorligi bo’yicha magistratura mutaxassisligini tamomlagan.

BDKU Toshkent shahridagi filiali “Kinematografiya mutaxassislarini tayyorlashda ta’limni modernizatsiyalash”

    S.A.Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent shahridagi filiali “Kinematografiya mutaxassislarini tayyorlashda ta’limni modernizatsiyalash” loyihasi doirasida ustoz-shogird an’anasini rivojlantirish, ilmiy va ijodiy yosh kadrlarni yetishtirib chiqarishda kino taraqqiyoti uchun qudratli yosh kadrlarni tayyorlash maqsadida “ZO‘R TV” telekanali bilan hamkorlikda “FOKUS” nomli ko‘rsatuvini 2024-2025 o‘quv yilidan boshlab “ZO‘R TV” telekanali orqali S.A.Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent shahridagi filiali talabalarining ijodiy ishlarini aks ettirishda xalqaro kino festivallarda qatnashish hamda ishlab chiqarish korxonalari bilan kurs, bitiruv malakaviy ijodiy loyihalarini tijoratlashtirish bo‘yicha “FOKUS” kursatuvi orqali tajribalarini oshirib boradilar.

    Loyiha rahbari:san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), professor, kinooperator-kinorejissyor Iqbol Meliqo‘ziev

 

 

Shoshiling!!!

S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent filialida Oliy professional kurslarga 20 sentabrgacha hujjatlar qabuli davom etmoqda.
– Kino lokatsiya prodyuserligi 📆 6 oy 🛍 11 500 000 so’m
– Teledasturlar boshlochisi 📆 9 oy 🛍 9 600 000
– Teatr va kino aktyori 📆 2 yil 🛍 1 yil uchun 13 400 000
– Kinorejissura 📆 2 yil 🛍 1 yil uchun 13 400 000
– Vizual kontent, televideniye va kino ssenaristi 📆 2 yil 🛍 1 yil uchun 13 400 000
– Golografiya va interaktiv media rejissyori 📆 9 oy 🛍 13 400 000
– Kinoshunos-muharrir 📆 1 yil 🛍 8 100 000

Bitiruvchilarga maxsus diplom va sertifikatlar beriladi.

Qo’shimcha ma’lumot uchun

+998991472266