🔈Bugun, 2024 yil 26 sentabr kuni S.A. Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent filialida tajribali kinooperatorlar Umid Malikov va Oqil G‘ulomov tomonidan maxorat darslari o‘tkazildi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 7 apreldagi № PF-6202 «Kino san’ati va kinoindustriyasini yangi bosqichga olib chiqish, sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi farmoni doirasida tashkil etildi. Ushbu farmon milliy kino san’atini rivojlantirishga qaratilgan islohotlarni davom ettirishni nazarda tutadi.

    ⭐️Tadbirda filial direktori I.M. Melikuziyev yosh kino ijodkorlar soha sirlarini tezroq o‘zlashtirishlarida,  bunday mahorat darslari ko‘prik vazifasini bajarishini, aytib, judayam  ahamiyatliligini ta’kidladi.

    🔖Loyiha rahbari: professor I.M. Melikuziyev.

Videoga havola: BDKU Tashkent

 

 

Masalimov Ilhom Hamidaliyevich kino aktyor BDKU Toshkent filialida

    ⚡️Masalimov Ilhom Hamidaliyevich kino aktyor, sport ustasi, jangovar sahnalar sahnalashtiruvchisi, kaskadyor, shuningdek jang san’atlari bo’yicha murabbiy. Faoliyati davomida u 30 dan ortiq filmlarda, teleseriallarda, hujjatli filmlarda, musiqiy videolarda va ijtimoiy rollarda rol o’ynagan. Jang sahnalari rejissyori va kaskadyor sifatida u kinoda ajoyib sahnalarni yaratishga katta hissa qo’shgan.

    ✔️Bugun 2024 yil 25 sentyabr S.A.Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent filialida «Aktyorlik san’ati» ta’lim yo’nalishi bo’yicha 2-3 kurs talabalari bilan mashg’ulot o’tkazdi. Uning darslarida talabalar sahna harakatining asoslarini va sahna jangining sirlarini o’rgandilar.

Videoga havola: BDKU Toshkent

 

Hilol Nasimov ijodiy ustaxonasida kirish ijodiy imtihonlari bo’lib o’tdi

📌Bugun 2024 yil 25- sentyabr kuni S.A.Gerasimov nomidagi BDKU universiteti Toshkent filialida «Дополнительное профессиональное образование» oliy kurslari bo’yicha Hilol Nasimov ijodiy ustaxonasida kirish ijodiy imtihonlari bo’lib o’tdi.

🔼Shoshiling!
Oliy kurslarning boshqa yo’nalishlariga qabul davom etmoqda!

📞Ma’lumot uchun: +998991472266

Vidoega havola: BDKU Toshkent

 

Umid Malikov va Oqil G’ulomovdan mahorat-darslariga taklif qilamiz!

    📣Barchani iste’dodli kinooperatorlar Umid Malikov va Oqil G’ulomovdan mahorat-darslariga taklif qilamiz! Yosh bo’lishiga qaramay, ular o’zbek kinosida katta tajribaga ega va o’z bilimlari va sirlarini baham ko’rishga tayyor.

📅 Sana: 2024-yil 26-sentabr
⏰ Vaqt:soat 11: 00 da boshlanadi
📍 Manzil: VGIK Toshkent

📞 Bizning telefon raqamlarimiz: +998991472266, +998770119198

🔥Professionallar bilan kino yaratish san’atiga sho’ng’ish imkoniyatini boy bermang!