«Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq jinoyatlar».

    S.A. Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent filialida Chilonzor tumani IIB xodimlari ishtirokida muhim tadbir о‘tkazildi. Tadbir mavzusi:

    «Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq jinoyatlar».

    📌 Talabalar taqiqlangan moddalarning salbiy oqibatlari, ularni tarqatish uchun javobgarlik va oldini olish choralari haqida ma’lumot oldilar.

    💬 Ishtirokchilar faol bо‘lib, о‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi va tashkilotchilarga minnatdorchilik bildirishdi.

 

Toshkent filialida Ilmiy Kengashning ochilish marosimi

    2025 yil 17 yanvar kuni S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya institutining Toshkent filialida Ilmiy Kengashning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishga Ilmiy Kengash raisi, filial rahbari, falsafa fanlari doktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev boshchilik qildi.

    Tadbirda telemost orqali S.A. Gerasimov nomidagi VGIK rektori, san’atshunoslik fanlari doktori, professor, Rossiya ta’lim akademiyasi akademigi, San’at va madaniyat ta’lim muassasalari uyushmasi prezidenti, Rossiya davlat mukofotlari laureati V.S. Malishev hamda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, professor I.V. Korotkov ishtirok etdilar.

    Bosh oliy ta’lim muassasasi rahbari V.S. Malishev Ilmiy Kengash a’zolarini tabriklab, uning universitetning ilmiy va ijodiy rivojlanishidagi muhim o‘rniga alohida e’tibor qaratdi.

    O‘z navbatida, I.M. Meliqo‘ziyev Kengashning asosiy vazifalarini belgilab berdi. Ular qatorida – O‘zbekiston Respublikasi xalq artistlari va xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimlarining hujjatlarini Oliy attestatsiya komissiyasiga taqdim etish hamda ilmiy-ijodiy yutuqlarga erishayotgan professor-o‘qituvchilarni rag‘batlantirish choralarini amalga oshirish mavjud.

    Ilmiy Kengash a’zosi, pedagogika fanlari doktori, professor,  S.K. Annamuratova ushbu muhim voqeani alohida ta’kidlab, Kengash kelajakda ilmiy-ijodiy, kadrlar tayyorlash va moliyaviy rivojlanish bo‘yicha yangi imkoniyatlar yaratishini qayd etdi.

 

“Renessans” kino uyida Abdurahim Ismoilov bilan ijodiy uchrashuv

    Bugun “Renessans” kino uyida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, mashhur kinooperator va VGIK bitiruvchisi — Abdurahim Ismoilov bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi!

    Uchrashuvda ustozning hayoti va ijodi haqida hikoya qiluvchi film namoyish etildi. Tadbirda ko‘plab san’at ustalari va ijodkorlar qatnashdi. Shuningdek, Toshkentdagi BDKU filiali direktori, professor Iqbol Meliqo‘ziyev, ishtirok etdi. U Abdurahim Ismoilovning shogirdlaridan biri hisoblanadi.

    Iqbol Meliqo‘ziyev o‘z ustozini samimiy tabriklab, o‘zbek kinosi rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi uchun minnatdorchilik bildirdi.

    Abdurahim Ismoilov o‘zining mashhur filmlari haqidagi esdaliklari, kino sohasidagi tajribalari va ilhomlantiruvchi hikoyalari bilan bo‘lishib, yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

    📽 Toshkent shahridagi BDKU filiali Abdurahim Ismoilovning ijodi va madaniyat rivojiga qo‘shgan hissasi uchun o‘z minnatdorchiligini bildiradi!

Videoga havola: BDKU Toshkent

Toshkent shahridagi Prezident maktabi

    Ta’lim tizimimizning yutuqlari xalqaro maydonda yana bir bor e’tirof etildi. Toshkent shahridagi Prezident maktabi Shayx Zoid Ol Nahayon nomidagi nufuzli mukofotning “Global o‘rta maktablar” nominatsiyasida g‘olib deb topildi.

    Maktab o‘quvchilari Pahlavon Gʻulomov va Asilbek Ashrapov hamda ularning ustozi Sohibxon Azizovning yomg‘ir suvini ichishga yaroqli darajagacha qayta ishlash loyihasi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Tanlovga 156 ta davlatdan jami 5980 ta ariza kelib tushgan edi.

    Bugun Abu-Dabida mukofotni o‘quvchilarga Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon shaxsan topshirdi.

    Yoshlarimizning bu ajoyib muvaffaqiyati barchamizga g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi, shuningdek, Prezidentimiz tanlagan barqaror va “yashil” rivojlanish yo‘li naqadar to‘g‘ri ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.

    Biz o‘quvchilarimizga yanada yuksak yutuqlar va yangi zafarlar tilaymiz!

Ссылка на канал Saida Mirziyoyeva

 

Vatan himoyasiga bag‘ishlagan insonlar

    Shiddat bilan o‘zgarib borayotgan, turli xavf-xatar va tahdidlarga to‘la dunyoda o‘z hayotini Vatan himoyasiga bag‘ishlagan insonlarning xizmati beqiyosdir. Mehnatingiz va jasoratingiz uchun sizlarga tashakkur. Tinch-osoyishta tun-u kunlarimiz uchun minnatdormiz. Farzandlarimiz boshi uzra musaffo va osuda osmon uchun rahmat. Bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin, aziz yurtdoshlarimiz! Parvardigor sizlarni o‘z panohida asrasin!

Videoga havola: BDKI Toshkent