“Yashil makon”

    “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida oliy ta’lim muassasalarida “Ziyolilar bog‘”lari tashkil etildi

    Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan Jizzax politexnika instituti hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Ziyolilar bog‘i”da marafoniga rasman start berildi.

    ✅ Daraxt ekish tadbirida filial direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev ham ishtirok etdi.

    Shuningdek, S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universitetining Toshkentdagi filiali jamoasi ham bahor faslida o‘tkazilayotgan ko‘chat ekish marafonida faol ishtirok etdi. Tadbir doirasida filial hovlisida daraxt ko‘chatlari ekildi.

 

 

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook

Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan qisqa metrajli videorolik

    S.A. Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent filiali talabalari – 3-kurs “Kino va televideniye rejissurasi” yo‘nalishi talabasi Munisa Magametibragimova, 3-kurs “Kinooperatorlik mahorati” yo‘nalishi talabasi Abduraxmonov Jaxongir va 1-kurs “Kino va televideniye rejissurasi” yo‘nalishi talabasi Abdusattorova Xadichalar. 21 mart Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan qisqa metrajli videorolik suratga olishmoqda.

    🔼Tasvirga olish jarayoni uchun moddiy-texnik ta’minot “O‘zbekfilm” kinokonserni tomonidan beg‘araz taqdim etildi.

    ✨Navro‘z ruhini aks ettiruvchi ushbu videorolik yosh ijodkorlarning mahoratini namoyon etish bilan birga, milliy an’analarimizni kino san’ati orqali yoritishga xizmat qiladi.

    Kelajagingizni VGIK bilan quring!

 

 

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook

“Tirik tarixdan nurli kelajak sari”

    12 mart 2025 yilda O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida “Tirik tarixdan nurli kelajak sari” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman doirasida retro filmlar namoyishiga mo‘ljallangan yangi zal foydalanishga topshirildi.

    Endi bu yerda har kuni o‘zbek va jahon kinosi durdonalarini tomosha qilish, mashhur kinoijodkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish va filmlar yuzasidan muhokamalar tashkil etish mumkin.

    🎞 Shuningdek, Retro film klubi ham o‘z faoliyatini boshladi!

    Klub yetakchilari Mastura va Sardor Ishoqovlar san’at shaydolarini bir joyga jamlab, ular uchun unutilmas kino kechalarini tashkil etishni maqsad qilgan.

    📢 Tadbirda Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent filiali direktori I.M. Meliqo‘ziyev,Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari J.X. Shomurodov, o‘quv-ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.V.Xmirov va filial professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.

 

 

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook

“Tirik tarixdan nurli kelajak sari”

    Bugun O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida Kinematografiya agentligi tashabbusi bilan “Tirik tarixdan nurli kelajak sari” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

    Anjumanda 2024 yilda ishlab chiqarilgan filmlar sarhisobi yuritilib, tarixiy, zamonaviy, hujjatli va animatsion kinolarning rivoji tahlil qilindi.

    🔼Tadbirda Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent filiali direktori I.M. Meliqo‘ziyev,Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari J.X. Shomurodov, o‘quv-ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.V.Xmirov va filial professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.

    ⚡️Tadbir yakunida retro filmlar namoyishi uchun yangi zalning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

 

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook

Ajdodlarimiz qoldirgan bebaho meros har birimiz qalbimizda yashaydi.

    Asrlar davomida O‘zbekiston zamini donishmandlar, shoirlar, olimlar va san’at ustalarini yetishtirib kelgan. Ajdodlarimiz qoldirgan bebaho meros har birimiz qalbimizda yashaydi. Ularning kuchi – bilimda, ulug‘likka chorlashda, har bir nigohda, har bir so‘zda namoyon bo‘ladi.

    Bu shunchaki libos emas – bu bizning tariximiz, bizning g‘ururimiz.

    Biz – buyuk tarixning davomchisi va uning yorqin kelajagimiz!

    Kelajagingizni VGIK bilan quring!

 

 

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook

8-Mart Xalqaro xotin-qizlar kuni o‘ziga xos tarzda nishonlandi

    Bugun S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent shahridagi filialida bahorning eng nafis va go‘zal bayrami – 8-Mart, Xalqaro xotin-qizlar kuni o‘ziga xos tarzda nishonlandi!

    🎉Filial rahbariyati va talabalar – professor-o‘qituvchilarni va xodimlarni qizil yo‘lakda gullar va musiqa sadolari ostida kutib olib, ularga bayramona kayfiyat ulashishdi.🌹

 

 

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook