15 aprel – Madaniyat va san’at xodimlari kuni!

⭐️Bugun — jamiyat ma’naviyatining asosiy tayanchi bo‘lgan, madaniyat va san’at sohasida fidokorona xizmat qilayotgan barcha ijodkorlarga ehtirom ko‘rsatadigan kun!

✨Sizlarning ijodingiz, mehnatingiz, va g‘ayratingiz tufayli yurtdoshlarimizning qalbida go‘zallik, insoniylik va mehr-muhabbat yashnab turibdi.

👍Barcha madaniyat va san’at xodimlarini samimiy tabriklaymiz! Sizga mustahkam sog‘liq, cheksiz ilhom va yangi ijodiy yutuqlar tilaymiz!

    Hurmat bilan,
    Iqbol Meliquziyev!

 

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook

“Talaba yugur” musobaqasi — sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish yo‘lida!

    2025 yil 12 aprel kuni “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida “Talaba yugur” sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy faollikni oshirish maqsad qilingan.

    Musobaqada Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi direktor o‘rinbosari J. Shomurodov hamda BDKU Toshkent filiali talabalarining faol ishtiroki qayd etildi.

    Bunday musobaqalar yoshlarda birdamlik, iroda ва tashabbusni oshirishda muhim ahamiyatga ega!

 

 

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook

2025-yil 27-yanvar kuni hamkorlik memorandumi imzolandi.

    ✔️2025-yil 27-yanvar kuni BDKU Toshkent filiali direktori I. Meliqo‘ziyev va “O‘zbekfilm” kinokonserni direktori B. Muxamedov o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi.

    🗣️Memorandum doirasida:
    Kinooperatorlik yo‘nalishi 2-kurs talabalari (Marat Saliyev ijodiy ustaxonasi) hozirda “O‘zbekfilm” kinokonsernining pavilyonlarida Andrey Tarkovskiyning “Ivanning bolaligi” filmi asosida foto-raskadrovka suratga olish jarayonlarini olib bormoqda.

    ✨Bu nafaqat amaliy tajriba, balki milliy kino sanoati bilan bevosita hamkorlikda yaratilayotgan muhim bosqichdir!

 

 

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook

Moskvadagi VGIKda “Mashg‘ulotdan diplom spektakligacha. Ochiq dars” III Xalqaro fanlararo ilmiy-amaliy  konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda

   ⚡️2025-yil 10–11-aprel kunlari Moskvadagi VGIKda “Mashg‘ulotdan diplom spektakligacha. Ochiq dars” III Xalqaro fanlararo ilmiy-amaliy  konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

    ✔️Unda BDKU Toshkent filiali vakillari ishtirok etmoqda:

    ➡️Ssenariynavislik fakulteti dotsenti — Yusupova Venera Ismetovna va talabalar:
     — Novikova Karolina Arturovna
     — Elmirov Elnar Damirovich
     — Jobborov Ruslan Ravshanovich

    💥Ularga omad va ilhom tilaymiz!

 

 

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook

2025–2026 o‘quv yili qabuli boshlandi

    📣BDKU TOSHKENT FILIALIDA 2025–2026 O‘QUV YILI UCHUN ABITURIYENT QABULI BOSHLANDI!

    💥Sizni kinematografiya olamiga chorlaymiz!

    ➡️Qabul quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha:

     – Dramaturgiya
     – Rejissura (kino va TV)
     – Kinooperatorlik

    ✉️Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:

    @VGIKTashkent_bot
    📞 +998 94 728-82-71
    📞 +998 99 147-22-66

⭐️San’atga qiziqasizmi? Unda orzuyingizga birinchi qadamni qo‘ying!

 

 

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook