Ijodiy hamkorlik yo‘lida muhim qadam!

    ✔️2025-yil 8-aprel kuni Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti hamda S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent filiali o‘rtasida tuzilgan memorandum doirasida “Kompozitorlik va aranjirovka” kafedrasi tashabbusi bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    🔼Tadbir davomida har ikki oliy o‘quv yurti talabalari o‘z ijodiy ishlari bilan ishtirok etib, o‘zaro tajriba almashdilar.
Uchrashuv yakunida talabalar o‘rtasida qo‘shma loyihalarda hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

 

 

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook

BDKU filiali talabalari Navro‘z bayrami tadbiriga taklif etildilar.

    ✔️Toshkentdagi S.A.Gerasimov nomidagi BDKU filiali talabalari D.I. Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti Toshkent filialida bo‘lib o‘tgan Navro‘z bayrami tadbiriga taklif etildilar.

    ⚡️Tadbir davomida talabalar Navro‘z bayramining milliy an’analari bilan yaqindan tanishdilar, rang-barang konsert dasturini tomosha qildilar. Konsertda talaba-yoshlar va taklif etilgan ijodkorlar o‘z chiqishlari bilan bayramga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlashdi.

 

 

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook

BDKU Toshkent filialida “Operatorning 14 oltin qoidasi” mavzusida eksklyuziv mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.

2025-yil 4-aprel kuni Toshkent shahridagi S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti filialida “O‘zbekfilm” kinokonserni bilan hamkorlikda “Operatorning 14 oltin qoidasi” mavzusida eksklyuziv mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, abituriyentlar uchun yangi o‘quv yilida:
– Dramaturgiya yo‘nalishi
– Rejissura (kino va TV) yo‘nalishi
– Kinooperatorlik yo‘nalishlari bo’yicha qabul jarayonlari boshlanadi!

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
@VGIKTashkent_bot
+998 94 728-82-71
+998 99 147-22-66

 

 

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook

“Operatorning 14 oltin qoidasi” mavzusida eksklyuziv mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.

    ✔️2025-yil 4-aprel kuni Toshkent shahridagi S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti filialida “O‘zbekfilm” kinokonserni bilan hamkorlikda “Operatorning 14 oltin qoidasi” mavzusida eksklyuziv mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.

    ❗️Mahorat darsini O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, mashhur kinooperator va kinorejissyor Hasanov Hamidulla Babayevich olib bordi. U yosh operatorlarga nazariya va amaliyotdagi muhim jihatlarni tushuntirib, zamonaviy texnik vositalar yordamida tasviriy ifodaning kuchi haqida o‘z bilim va tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

    ⚡️Talabalar kamera bilan ishlash, kadr kompozitsiyasi, yorug‘lik bilan ishlash kabi sohalarda amaliy bilimlarga ega bo‘lishdi.

    📣Eslatib o‘tamiz!
2025–2026 o‘quv yilida Hasanov Hamidulla Babayevich rahbarligida Kinooperatorlik yo‘nalishi talabalariga mo‘ljallangan ijodiy ustaxona tashkil etildi.

    Shuningdek, abituriyentlar uchun yangi o‘quv yilida:
     – Dramaturgiya yo‘nalishi
     – Rejissura (kino va TV) yo‘nalishi
     – Kinooperatorlik yo‘nalishlari bo’yicha qabul jarayonlari boshlanadi!

    Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
     @VGIKTashkent_bot
     +998 94 728-82-71
     +998 99 147-22-66

 

 

 

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook

“Operatorning 14 oltin qoidasi”

✔️Toshkent shahrida S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti filialida, “O‘zbekfilm” kinokonserni bilan hamkorlikda, zamonaviy texnik jihozlar yordamida, ustoz-shogird an’anasini rivojlantirish hamda kinooperatorlik mahoratini oshirish maqsadida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, mashhur kinooperator-kinorejissyor Xasanov Xamidulla Babayevich  tomonidan “Operatorning 14 oltin qoidasi” mavzusida eksklyuziv mahorat darsi o‘tkaziladi.

🗓Sana: 2025-yil 4-aprel
✨Vaqti: 11:00
📍Manzil: BDKU Toshkent (Chilonzor 1 A)

Ushbu dars davomida siz kinooperatorlik san’atining eng muhim sirlarini o‘rganasiz va haqiqiy professionaldan bebaho tajriba olasiz!

🗣️Kino san’atiga qiziquvchilarni ushbu noyob imkoniyatdan foydalanishga taklif qilamiz!

 

 

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook