2025–2026 yilgi qabul jarayoniga tayyorgarlik

    2025-yil 16-iyun kuni S.A. Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent filialida 2024–2025 o‘quv yili yakunlari va 2025–2026 yilgi qabul jarayoniga tayyorgarlik bo‘yicha muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

    Yig‘ilishda Kinematografiya agentligining Ta’lim yo‘nalishini muvofiqlashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi A.A. Xoshimov hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i Y.A. Eshonxonov ishtirok etdilar.

    Yig‘ilishda qabul komissiyasi tarkibi tasdiqlandi va abituriyentlar bilan ishlashda adolat, shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash, korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha muhim chora-tadbirlar muhokama qilindi.

    Y.A. Eshonxonov o‘z nutqida har qanday korrupsiyaviy harakatlarga qarshi qat’iy choralar ko‘rilishi, har bir murojaat nazorat ostida bo‘lishi va abituriyentlarning huquqlari to‘liq himoya qilinishini ta’kidladi.

    Filial direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev hujjatlar qabuli va imtihonlar jarayoni yuqori darajada ochiq, qonuniy va adolatli tarzda o‘tkazilishi lozimligini alohida qayd etdi.

    📍Toshkent filiali jamoasi qabul jarayoniga jiddiy va mas’uliyat bilan yondashmoqda!

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Filial Ilmiy kengashi faoliyatida: ilk bor “dotsent” ilmiy unvonlari berildi!

    🎓  2025-yil BDKU Toshkent filialida ilmiy faoliyat tarixida muhim bosqich boshlandi — Ilmiy kengash faoliyati doirasida ilk bor bir guruh professor-o‘qituvchilarga “dotsent” ilmiy unvoni Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan berildi.

    🎖 Ilmiy unvonga sazovor bo‘lganlar:
     • Mixail Davidovich Kaminskiy
     • Karim Xusanovich Mirxadiyev
     • Tamilla Suxrobovna Muxamedova
     • Rustam Abdullaevich Sagdullaev
     • Olga Viktorovna Volodina
     • Toxir Samandarovich Saidov
     • Ayub Shopatxiddinovich Shahobiddinov
     • Nozim Turobovich Tulyaxodjaev
     • Yusuf Suleymanovich Roziqov

    🎉 Ilmiy unvonlar Kinematografiya agentligi direktori Sh.T. Rizayev va filial direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

    📚 Bu yutuq – filial ilmiy salohiyatining yuksalayotganidan dalolat beradi. Barcha ustozlarimizni ushbu yuksak e’tirof bilan tabriklaymiz!

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Karyera kuni: talabalar uchun yangi imkoniyatlar va hamkorliklar!

    🎬 BDKU Toshkent filialida tashkil etilgan “Karyera kuni” mehnat yarmarkasida qator tashkilotlar va kinostudiyalar faol ishtirok etdi.

    🏦 “Poytaxt bank” AJ va “O‘zmilliybank” AJ vakillari talabalar uchun imtiyozli ta’lim kreditlari, moliyaviy savodxonlik va boshqa muhim yo‘nalishlar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar taqdim etdilar.

    🤝 Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori Sh.T. Rizayev va tizimdagi bir qator tashkilot rahbarlari bilan filial direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi. Ushbu kelishuvlar talabalarning amaliyot o‘tashi, ijodiy loyihalarda ishtirok etishi va sohada ish bilan ta’minlanish imkoniyatlarini kengaytiradi.

    📽 Memorandum imzolagan tashkilot va kinostudiyalar:
     • “Mening yurtim” telekanali
     • “FOX MUSIC CINEMA” MChJ
     • “OLOV-NUR-MEDIA” MChJ kinostudiyasi
     • “KAMRON FILM” MChJ kinostudiyasi
     • “Xasan Films” kinostudiyasi
     • “Yoshlik” kinostudiyasi
     • “Illusion Pictures” studiyasi

    🎓 Studiyalar va tashkilotlar rahbarlari tadbirda shaxsan ishtirok etib, filial talabalari bilan kelgusidagi amaliy mashg‘ulotlar, stajirovkalar va ijodiy hamkorlik loyihalari yuzasidan fikr almashdilar.

    Bu tashabbuslar yosh mutaxassislar uchun real tajriba orttirish va kino sanoatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri integratsiya bo‘lish imkoniyatini kengaytirmoqda!

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Karyera kuni: talabalar uchun yangi imkoniyatlar va hamkorliklar!

    BDKU Toshkent filialida tashkil etilgan “Karyera kuni” mehnat yarmarkasida qator tashkilotlar va kinostudiyalar faol ishtirok etdi.

    🏦 “Poytaxt bank” AJ va “O‘zmilliybank” AJ vakillari talabalar uchun imtiyozli ta’lim kreditlari, moliyaviy savodxonlik va boshqa muhim yo‘nalishlar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar taqdim etdilar.

    🤝 Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori Sh.T. Rizayev va tizimdagi bir qator tashkilot rahbarlari bilan filial direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi. Ushbu kelishuvlar talabalarning amaliyot o‘tashi, ijodiy loyihalarda ishtirok etishi va sohada ish bilan ta’minlanish imkoniyatlarini kengaytiradi.

    📽 Memorandum imzolagan tashkilot va kinostudiyalar:
     • “Mening yurtim” telekanali
     • “FOX MUSIC CINEMA” MChJ
     • “OLOV-NUR-MEDIA” MChJ kinostudiyasi
     • “KAMRON FILM” MChJ kinostudiyasi
     • “Xasan Films” kinostudiyasi
     • “Yoshlik” kinostudiyasi
     • “Illusion Pictures” studiyasi

    🎓 Studiyalar va tashkilotlar rahbarlari tadbirda shaxsan ishtirok etib, filial talabalari bilan kelgusidagi amaliy mashg‘ulotlar, stajirovkalar va ijodiy hamkorlik loyihalari yuzasidan fikr almashdilar.

    Bu tashabbuslar yosh mutaxassislar uchun real tajriba orttirish va kino sanoatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri integratsiya bo‘lish imkoniyatini kengaytirmoqda!

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

20 iyundan boshlab abituriyentlardan hujjatlar qabul qilinadi!

    📣 BDKU TOSHKENT FILIALIDA 2025–2026 O‘QUV YILI UCHUN QABUL BOSHLANDI!

    📅 20 iyundan boshlab abituriyentlardan hujjatlar qabul qilinadi!

    🎬 Kinematografiya olamiga ilk qadamni biz bilan qo‘ying!

    📚 Yo‘nalishlar:
     – Dramaturgiya
     – Rejissura (kino va televideniye)
     – Kinooperatorlik san’ati

    🔥Endilikda barcha yo‘nalishlar bo‘yicha 2 yillik Oliy kurslarga ham qabul ochiq!
    Bu — ijod olamiga kirish uchun noyob imkoniyat!

     📞 Batafsil ma’lumot uchun:
     @VGIKTashkent_bot
     📱 +998 94 728-82-71
     📱 +998 99 147-22-66

    ⭐️ San’atga oshno bo‘lganlar!
    Orzular sari birinchi qadamingizni hoziroq tashlang!

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook