1-kurs talabalari uchun navbatdagi imtihon bo‘lib o‘tdi.

    📍 S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent filiali
    🎭 “Aktyorlik san’ati” yo‘nalishi 1-kurs talabalari uchun navbatdagi imtihon bo‘lib o‘tdi.

    👩‍🏫 Imtihonni katta o‘qituvchi Dosmetova R.A. qabul qildi.
     📌 Imtihon jarayonida filial direktori, professor I. Meliqo’ziyev hamda dekan T.S. Muhamedova ishtirok etdi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

BDKU Toshkent filialida 4-bosqich sirtqi ta’lim shakli talabalari bilan suhbat o‘tkazildi.

    🎓 BDKU Toshkent filialida 4-bosqich “Produserlik” yo‘nalishi sirtqi ta’lim shakli talabalari bilan suhbat o‘tkazildi.

   👥 Uchrashuvda filial direktori, professor I. Meliqo‘ziyev, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari J.X. Shomurodov, dekan T.S. Muhamedova hamda ishlar boshqarmasi boshlig‘i O.S. Avalboev ishtirok etdilar.

    🗣 Suhbat davomida talabalarga to‘lov-shartnoma masalalari, shuningdek ularning kelajakdagi rejalarini, kinematografiya sohasidagi kasbiy maqsadlarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

J.X. Shomurodov ijara uyda yashayotgan talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    🗓 2025-yil 3-iyun kuni S.A. Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent filiali Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari J.X. Shomurodov ijara uyda yashayotgan talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    📍 Uchrashuv Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Chilonzor ko‘chasi, 28-uy manzilida yashayotgan 1-2 bosqich talabalar bilan bo‘lib o‘tdi.

    🗣 Uchrashuv davomida talabalar yashayotgan sharoitlar o‘rganildi, ular bilan suhbat o‘tkazildi hamda xonadon egalari bilan ham muloqot qilindi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Maqsudova Muyassar «Buxoro qo‘shiqchisi» nomli eng yaxshi hujjatli qisqa metrajli film uchun mukofotni

🎉 2025-yil 29-may kuni, BDKU Toshkent filiali Dramaturgiya yo‘nalishi 4-kurs talabasi Maqsudova Muyassar V Xalqaro To‘g‘ri Kino Festivalida «Buxoro qo‘shiqchisi» nomli eng yaxshi hujjatli qisqa metrajli film uchun mukofotni tantanali ravishda qo‘lga kiritdi.

Mukofot Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vaziri Olga Borisovna Lyubimovaning tashrifi doirasida topshirildi.

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Olga Borisovna Lyubimova BDKU filialiga tashrif buyurdi

    2025-yil 29-may kuni Rossiya Federatsiyasi madaniyat vaziri Olga Borisovna Lyubimova Toshkent shahridagi S.A. Gerasimov nomidagi BDKU filialiga tashrif buyurdi.

    Tashrif doirasida filial tarixida ilk bor “Kinorejissyorlik” qo‘shimcha ta’lim dasturi bo‘yicha kasbiy qayta tayyorlov diplomlarini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

    Bitiruvchilar kinorejissyor, ustoz — Yusuf Sulaymonovich Roziqov rahbarligida rejissyorlik kasbini chuqur o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

2025–2026 O‘QUV YILI UCHUN ABITURIYENT QABULI BOSHLANDI!

📣BDKU TOSHKENT FILIALIDA 2025–2026 O‘QUV YILI UCHUN ABITURIYENT QABULI BOSHLANDI!

💥Sizni kinematografiya olamiga chorlaymiz!

➡️Qabul quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha:

– Dramaturgiya
– Rejissura (kino va TV)
– Kinooperatorlik

✉️Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:

@VGIKTashkent_bot
📞 +998 94 728-82-71
📞 +998 99 147-22-66

⭐️San’atga qiziqasizmi? Unda orzuyingizga birinchi qadamni qo‘ying!

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook