Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari tashrif buyurdi.

    2025-yil 17-iyul kuni BDKU Toshkent filialiga O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari A.B.Tajixanov tashrif buyurdi.

    Tashrif davomida filial direktori, professor I.M.Meliqo‘ziyev 2025/2026 o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari, imtihon jarayonlari va ularning shaffofligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, povilyon va o‘quv xonalarida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari bilan tanishtirdi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Dramaturgiya yo‘nalishining 1-tur ijodiy imtihoni bo‘lib o‘tdi.

    🎥 S.A. Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent filialida 2025–2026 o‘quv yili uchun Dramaturgiya yo‘nalishining 1-tur ijodiy imtihoni bo‘lib o‘tdi.

    Ijodiy ustaxona rahbari – ssenarist E.E. Hasanova.

    Imtihonning 1-turi doirasida abituriyentlarning ijodiy ishlari ko‘rib chiqildi va baholandi. Taqdim etilgan ishlar E.E. Hasanova tomonidan ko‘rib chiqilib, baholandi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Kinooperatorlik yo‘nalishining 1-tur ijodiy imtihoni bo‘lib o‘tdi.

    🎥 S.A. Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent filialida 2025–2026 o‘quv yili uchun Kinooperatorlik yo‘nalishining 1-tur ijodiy imtihoni bo‘lib o‘tdi.

    Ijodiy ustaxona rahbari – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi H.B. Xasanov.

    Imtihonning 1-turi – abituriyentlarning ijodiy ishlari ko‘rib chiqildi. Taqdim etilgan ishlari filial direktori, professor, kinooperator-kinorejissyor I.M. Meliqo‘ziyev hamda o‘qituvchi U.R. Malikov tomonidan ko‘rib chiqilib, baholandi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

2025–2026 o‘quv yili uchun ijodiy imtihon bo‘lib o‘tdi

    🎥 S.A. Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent filialida 2025–2026 o‘quv yili uchun Rejissura: kino va televideniye yo‘nalishida abituriyentlar uchun ijodiy imtihon bo‘lib o‘tdi. Ijodiy ustaxona rahbari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, J.M.Qosimov rahbarligida o’tkazildi.

    Imtihonda filial direktori, professor, kinooperator-kinorejissyor I.M. Meliqo‘ziyev, BDKU Toshkent filiali dotsenti N.T. Tulaxodjayev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi X.B. Hasanovlar ham ishtirok etishdi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook