Hurmatli yurtdoshlar!

    Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

    Mustaqillik – bu xalqimizning siyosiy iroda va qat’iyatining yorqin timsoli, milliy davlatchiligimizning mustahkam poydevori hamda erkin va farovon hayotimizning eng muqaddas kafolatidir. Bu ulug‘ sana bizni yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz kelajagi uchun yanada mas’uliyat bilan xizmat qilishga, Vatan ravnaqi va xalq manfaatlari yo‘lida kuch-g‘ayratimizni safarbar etishga undaydi.

    Shu muborak ayyomda sizlarga mustahkam sog‘liq, tinch va osoyishta hayot, oilaviy baxt-saodat hamda faoliyatingizda yangi yutuqlar yor bo‘lishini tilayman. Keling, barchamiz birgalikda Prezidentimiz olib borayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlab, O‘zbekistonimizning buyuk kelajagi uchun fidoyilik bilan xizmat qilaylik!

    Hurmat bilan,
    BDKU Toshkent filiali direktori,
    professor I. M. Meliqo‘ziyev

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

“Янги Ўзбекистон” боғида Мустақиллик куни муносабати билан байрам тантанаси бўлиб ўтди

    Тошкентдаги “Янги Ўзбекистон” боғида Мустақиллик куни муносабати билан байрам тантанаси бўлиб ўтди. Президент Шавкат Мирзиёев бутун халқимизни, хориждаги ватандошларимизни давлатимиз мустақиллигининг 34 йиллик шонли санаси билан табриклади. 

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

BDKU Toshkent filialida ilmiy kengash bo‘lib o‘tdi

    📹 🗓Joriy yilning 29-avgust kuni BDKU Toshkent filialida ilmiy kengash bo‘lib o‘tdi. Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari ham ko‘zdan kechirildi.

    ⚙️BDKU Toshkent filiali direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev boshchiligida filialda 2025–2026 o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan filial binolari, o‘quv auditoriyalari, laboratoriyalar va kutubxona fondi ko‘zdan kechirilib, talabalarga sifatli ta’lim berish uchun zarur sharoitlar baholandi.

    Shuningdek, ta’lim jarayonida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, dars mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish hamda talabalar uchun qulay muhit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

    Mazkur tayyorgarlik ishlari yangi o‘quv yilini yuqori saviyada boshlashga xizmat qiladi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

KUTIB OLING, YANGI IJODIY TANLOVLAR!

#bolalar_uchun

    🔈 KUTIB OLING, YANGI IJODIY TANLOVLAR! 🎬

    Bolalar kontentini rivojlantirish markazi ishlab chiqaruvchi subyektlar (yuridik shaxslar) oʻrtasida Bolalar uchun moʻljallangan kontentlar yaratish boʻyicha ijodiy tanlovlar eʼlon qiladi!

    Tanlov quyidagi yoʻnalishlarda oʻtkaziladi:

    1️⃣ Badiiy filmlar

    2️⃣ Seriallar

    3️⃣ Musiqiy-animatsion kliplar

    4️⃣ Hajviy kinojurnallar

    5️⃣ Milliy anime

    6️⃣ Raqamli oʻyin

    Tanlov 2025-yil 28-avgustdan 28-sentyabrga qadar davom etadi.

    Markaz barcha ijodiy tashkilotlar va kino hamda animatsion studiyalarni tanlovlarda faol ishtirok etishga chaqiradi!

    📌 TANLOV SHARTLARI bilan shu yerda tanishishingiz mumkin. (https://telegra.ph/TANLOV-SHARTLARI-08-28-2)

    Izoh: taqdim etilgan loyihalarga taqriz berilmaydi va mualliflarga qaytarilmaydi.

    Telefon: +998555111505
    Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi, 2-«A» uy

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan

    🔖O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan davlatimiz rahbari Farmoniga binoan, madaniyatimiz va san’atimiz rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi, yuksak iste’dodi hamda fidokorona mehnati uchun BDKU Toshkent filiali ijodiy ustaxona rahbarlari ulug‘ mukofotga sazovor bo‘ldilar.

    ✨Mirxadiev Karim Xusanovich – dotsent
    ✨Saidov Tohir Samandarovich – dotsent

    Ular yurtimiz san’ati va madaniyatining haqiqiy fidoyilari sifatida “O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni bilan taqdirlandilar.

    Ustozlarimizni samimiy muborakbod etamiz! ⭐️

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

BDKUda “Rektorlik soati” yig‘ilishi o‘tkazildi.

    2025-yil 25-avgust kuni BDKU Toshkent filialida “Rektorlik soati” yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishni filial direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev ochib berdi.

    🎓Yig‘ilish davomida yangi 2025/2026 o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik jarayonlari hamda filial hududida amalga oshirilayotgan ta’mirlash va yangilash ishlari muhokama qilindi. Ta’kidlanganidek, hozirda filial o‘quv auditoriyalarida ta’mirlash ishlari jadal suratlarda olib borilmoqda. Mazkur tashabbuslar talabalar uchun yanada qulay sharoit yaratish, ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish hamda zamonaviy o‘quv muhitini shakllantirishga xizmat qiladi.

    Shuningdek, yig‘ilishda professor-o‘qituvchilar tarkibi va xodimlar oldida turgan yangi o‘quv yilidagi asosiy vazifalar belgilab olindi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook