BDKUda “Rektorlik soati” yig‘ilishi o‘tkazildi.

    2025-yil 25-avgust kuni BDKU Toshkent filialida “Rektorlik soati” yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishni filial direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev ochib berdi.

    🎓Yig‘ilish davomida yangi 2025/2026 o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik jarayonlari hamda filial hududida amalga oshirilayotgan ta’mirlash va yangilash ishlari muhokama qilindi. Ta’kidlanganidek, hozirda filial o‘quv auditoriyalarida ta’mirlash ishlari jadal suratlarda olib borilmoqda. Mazkur tashabbuslar talabalar uchun yanada qulay sharoit yaratish, ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish hamda zamonaviy o‘quv muhitini shakllantirishga xizmat qiladi.

    Shuningdek, yig‘ilishda professor-o‘qituvchilar tarkibi va xodimlar oldida turgan yangi o‘quv yilidagi asosiy vazifalar belgilab olindi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook