BDKU Toshkent filiali ijodiy ustaxona rahbarlari ulug‘ mukofotga sazovor bo‘ldilar.

    🔖O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan davlatimiz rahbari Farmoniga binoan, madaniyatimiz va san’atimiz rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi, yuksak iste’dodi hamda fidokorona mehnati uchun BDKU Toshkent filiali ijodiy ustaxona rahbarlari ulug‘ mukofotga sazovor bo‘ldilar.

    ✨Mirxadiev Karim Xusanovich – dotsent
    ✨Saidov Tohir Samandarovich – dotsent

    Ular yurtimiz san’ati va madaniyatining haqiqiy fidoyilari sifatida “O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni bilan taqdirlandilar.

    Ustozlarimizni samimiy muborakbod etamiz! ⭐️

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Yangi o‘quv yili

    ⚡️Yangi o‘quv yili 1-kurslar uchun 3-sentyabrdan, yuqori kurslarga 8-sentyabrdan boshlanadi

    Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan oliy taʼlim tashkilotlari va akademik litseylarda yangi 2025/2026-oʻquv yilini boshlash sanalari tasdiqlandi.

    Unga ko‘ra:

    ⬇️akademik litseylarning barcha bosqich o‘quvchilari va oliy ta’lim tashkilotlarining 1-bosqich talabalari uchun dars jarayonlari 2025-yil 3-sentyabrdan;

    ⬇️oliy ta’lim tashkilotlarining 2- va undan yuqori bosqich talabalari uchun 8-sentyabrdan boshlanadi.

    Oliy ta’lim tashkilotlarida birinchi bosqichga qabul qilingan talabalar uchun “Kredit taʼlimi tizimiga kirish” haftaligi hamda “Talabalikka bagʻishlov” tadbirlari tashkil etiladi.

    Haftalik doirasida:

    ➡️talabalarni oliy taʼlim tashkiloti faoliyati bilan tanishtirish, kredit-modul tizimining mazmun-mohiyati va afzalliklarini tushuntirish hamda tanlov fanlarni maqsadli tanlash;

    ➡️talabalarda mustaqil taʼlim koʻnikmalarini shakllantirish, akademik halollik tamoyillari va kasbiy hamda shaxsiy rivojlanish masalalari yuzasidan targʻibot-tashviqot ishlari amalga oshiriladi.

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

BDKU Toshkent filialida umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi.

    🗓2025-yil 22-avgust kuni BDKU Toshkent filialida umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi.

    O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi bayrami arafasida “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida atrof-muhitni asrab-avaylash, hududlarni obodonlashtirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida joriy yilning 22–23-avgust kunlari mamlakatimiz bo‘ylab umumxalq hashari tashkil etilmoqda.
    BDKU Toshkent filiali xodimlari ham ushbu hasharda faol ishtirok etib, hududlarni tartibga keltirish, yashil maydonlarni obodonlashtirish va jamoatchilik bilan birgalikda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish ishlariga munosib hissa qo‘shmoqdalar. 🌿✨

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

BDKU Toshkent filialida soatlar taqsimotini belgilash bo‘yicha ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

    2025-yil 21-avgust kuni BDKU Toshkent filialida Kinooperatorlik mahorati Kafedrasining soatlar taqsimotini belgilash bo‘yicha ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

    Yig‘ilishda filial direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev, kafedra mudiri, direktor o‘rinbosarlari va buxgalteriya xodimlari ishtirok etdi. Unda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik, professor-o‘qituvchilarning o‘quv yuklamalarini taqsimlash, dars jarayonini optimallashtirish, ijodiy mutaxassislik fanlarini ishlab chiqarish tashkilotlari bilan hamkorlikda olib borish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasining taniqli kino va televideniye sohasidagi pedagoglari bilan hamkorlikda o‘quv yilini boshlash rejalari belgilab olindi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook