Kinooperatorlik mahorati kafedrasida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

    📌2025-yil 12-avgust kuni BDKU Toshkent filialining Kinooperatorlik mahorati kafedrasida yangi 2025–2026 o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

    ✔️Yig‘ilishga filial direktori, professor I. Meliqo‘ziyev, yoshlar masalasi va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor birinchi o‘rinbosari J. Shomurodov, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari A. Xmirov, ishlar boshqarmasi boshlig‘i O. Avalboyev, kafedra mudiri X. Xasanov, bosh hisobchi X. Ag‘zamova, ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i N. Rahmatullayev hamda registrar ofisi boshlig’i S. Tursunov ishtirok etdi.

    📈Kun tartibida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari, o‘quv soatlarini taqsimlash va optimallashtirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, dars jarayonining samaradorligini oshirish va talabalarning ijodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar bildirildi.

 

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

G. Azimova hamda A. Axadjonovani tavallud ayyomlari bilan chin dildan muborakbod etamiz!

    🎉BDKU Toshkent filiali jamoasi nomidan Ssenariynavislik fakulteti dekan o‘rinbosari G. Azimova hamda Yoshlar masalasi va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha uslubchi A. Axadjonovani tavallud ayyomlari bilan chin dildan muborakbod etamiz!

    👍Yangi yoshingizda hayotingiz quvonch, sihat-salomatlik, ezgu orzular va yangi yutuqlar bilan bezansin! ✨

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

“Eng faol hamkor tashkilot” nominatsiyasi topshirildi.

    ⚡️2024–2025 o‘quv yili davomida BDKU Toshkent filiali talabalarining ijodiy o‘quv kurs ishlari, amaliy mashg‘ulotlari va turli tadbirlarida zamonaviy moddiy-texnik baza bilan ta’minlab, ularning filmlarini suratga olish jarayonida yaqindan ko‘maklashgan hamkorlarga “Eng faol hamkor tashkilot” nominatsiyasi topshirildi.

    ⭐️Ushbu nominatsiya “Illusion Pictures” studiyasi rahbari Sh. Qayumovga minnatdorchilik sifatida berilib, faxriy diplom va esdalik sovg‘alari filial direktori, professor I. Meliqo‘ziyev tomonidan topshirildi.

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Tez kunda📣

    ⚡️Bolalar kontentini rivojlantirish markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PQ-183-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, quyidagi yo‘nalishlarda ijodiy tanlovlarni eʼlon qilishni rejalashtirmoqda:

     📽 Bolalar va oʻsmirlar hayotidan hikoya qiluvchi badiiy filmlar
     📺 Seriallar
     📱 Koʻp qismli musiqali animatsion kliplar
     🎭 Hajviy kinojurnallar
     🎮 Kompyuter va mobil telefon uchun oʻyinlar
     🎥 Anime seriallar
     📱 Milliy komikslar
     🎞 Toʻliq metrajli animatsion filmlar
     🐎 Ertak filmlar
     🏺 Tarixiy filmlar
     📕 Bolalar adabiyoti
     🌐 Internet tarmoqlari uchun loyihalar
     📺 TV uchun loyihalar
     ⏳ Shou ko‘rsatuvlar
     💥 Va boshqa ko‘plab janrlar va yo‘nalishlar

    ✔️Eng muhimi — tanlov ochiq va shaffof, sogʻlom ijodiy raqobat muhitida oʻtkaziladi.

BDKUda 2025–2026 o‘quv yili uchun 2 yillik oliy kurslar bo‘yicha imtihonlar bo‘lib o‘tdi!

    📣S.A. Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent filiali 2025–2026 o‘quv yili uchun 2 yillik oliy kurslar bo‘yicha imtihonlar bo‘lib o‘tdi!

    🔥Yo‘nalishlar:
     • Rejissura kino va TV — ijodiy ustaxona rahbari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi J.M. Qosimov
     • Aktyorlik mahorati — ijodiy ustaxona rahbari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist T.S. Saidov

    📌Imtihonlar ijodiy suhbat asosida o‘tkazildi.
    ✔️2 yillik oliy kurslarni muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilar xalqaro darajadagi diplomga ega bo‘ladilar.

    ⌛Qo‘shimcha qabul davom etmoqda! Orzularingizni keyinga qoldirmang — kino va teatr olamiga bugunoq qadam qo‘ying!

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

BDKU filialida 2 yillik oliy kasbiy kurslarga qabul davom etadi!

    🎬 BDKU Toshkent filiali 2 yillik oliy kasbiy kurslarga qabul davom etadi!

    🔹 2 yillik oliy kasbiy kurslar yo‘nalishlari:
      • Kino lokatsiya prodyuserligi
      • Teledasturlar boshlovchisi
      • Teatr va kino aktyori uchun
      • Kinorejissura
      • Vizual kontent, televideniye va kino ssenaristi
      • Golografiya va interaktiv media rejissyori
      • Kinoshunos-muharrir
      • Kinooperatorlik

    📌 Imtihonlar suhbat asosida o‘tkaziladi.

    Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
    @VGIKTashkent_bot
    📞 +998 94 728-82-71
   📞 +998 99 147-22-66

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook