“Ma’rifat ulashib” mavzusidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    #📚⚡️O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 2-oktabrdagi 382-sonli buyrug‘iga hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari bilan kelishilgan holda, BDKU Toshkent filiali direktorining 2025-yil 14-oktabrdagi №01-105-sonli “Ma’rifat ulashib” mavzusidagi buyrug‘iga asosan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

    📌Uchrashuvni ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari A. A. Yuldashev olib bordi. Tadbirda professor-o‘qituvchilar hamda iste’dodli talabalar faol ishtirok etishdi.

    Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari –
    ✔️filologiya fanlari doktori, professor, “Do‘stlik” ordeni va “Shuhrat” medali sohibi N. Jabborov,
    ✔️falsafa fanlari doktori, professor, taniqli shoirа S. Tuychieva,
    ✔️filologiya fanlari doktori, professor, “Shuhrat” medali sohibi A. Karimovlar ishtirok etishdi.

    Uchrashuv savol-javoblarga boy, samimiy va ilhomlantiruvchi ruhda o‘tdi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

BDKU filialida tahsil olayotgan Qoraqalpoq talabalari

⚡️BDKU Toshkent filialida tahsil olayotgan Qoraqalpoq talabalari bilan filial rahbariyati ijtimoiy roliklar, to‘liq metrajli badiiy filmlar va alohida ijodiy loyihalar yo‘nalishida ishlamoqda.

🆕Talabalar o‘z g‘oyalari va ssenariylarini pitching (taqdimot) shaklida taqdim etib, tasvirga olish jarayonlariga tayyorgarlikni boshladilar. Ushbu jarayon ularning kasbiy ko‘nikmalarini oshirish, ijodiy fikrlash va jamoada ishlash malakasini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

“Baltiyskiy dom”

    #BDKU Toshkent filiali talabalari “Baltiyskiy dom” xalqaro teatr festivalida!

    📌2025-yil 5–18-oktabr kunlari Sankt-Peterburg shahrida “Baltiyskiy dom” nomli XXXV Xalqaro teatr festivali bo‘lib o‘tmoqda.

    ✔️Festivalda BDKU Toshkent filialining “Aktyorlik mahorati” yo‘nalishi 4-bosqich talabalari, (O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, dotsent R.A. Sagdullaev ustaxonasi) ishtirok etmoqda.

    ⌛Talabalar o‘z ijodiy chiqishlarini taqdim etishdi. Namoyish etilgan sahna ko‘rinishlari quyidagi asarlarga bag‘ishlandi:
    1️⃣Sharof Bashbekov — “Tikanasiz tipratikanlar” asari asosida etyud
    2️⃣Alisher Navoiy — “Layli va Majnun”
    3️⃣Aleksandr Pushkin — “Graf Nulin”

    ⭐️Bu chiqishlar yosh aktyorlarning ijodiy izlanishlari va professional mahoratini xalqaro sahnada namoyon etish imkonini bermoqda.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

BDKU filialiga haykaltaroshlik byustlari buyurtma qilindi

⌛BDKU Toshkent filiali Kinooperatorlik yo‘nalishi talabalari uchun haykaltaroshlik byustlari buyurtma qilinib, suratga olish pavilyonlariga joylashtirildi.

✔️Mazkur byustlar talabalarning yorug‘lik, kompozitsiya va tasvir ustida ishlash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarini yanada samarali o‘tkazishlariga xizmat qiladi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Favqulodda vaziyatlarda harakatlar bo‘yicha amaliy o‘quv mashg‘ulotlari

🚨⚡️BDKU Toshkent filiali O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan hamkorlikda filial bazasida “Filial xodimlari va talabalarning favqulodda vaziyatlar yoki tabiiy ofatlar paytidagi harakatlari” mavzusida qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazdi.

    Mashg‘ulot davomida favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish, xavfsizlik qoidalariga rioya etish va evakuatsiya tartibini amaliy ko‘nikmalar orqali mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook