“ROZETTA” filmi namoyishi bo‘lib o‘tdi.

    ⚡️BDKU Toshkent filialida 2025-yil 6-oktabr kuni soat 12:00 da 3-qavatdagi kinozalda mashhur fransuz rejissorlar Jan-Lyuk va Per Dardenning “ROZETTA” filmi namoyishi bo‘lib o‘tdi.

    🔼Namoyishdan so‘ng Aleksey Artamonov — kinodasturlar kuratori, kinotanqidchi va ko‘plab xalqaro kinofestivallarning dasturiy direktori bilan suhbat tashkil etildi.

    🔽Tadbirda filialning professor-o‘qituvchilari, talabalar hamda yosh ijodkorlar faol ishtirok etishdi.
Film namoyishi davomida muhokamalar, savol-javoblar va ijodiy fikr almashinuvi bo‘lib o‘tdi.

 

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Diqqat, ijodkorlar!

    ⚡️2025-yil 7–8 oktabr kunlari soat 11:00 da BDKU Toshkent filiali 3-qavatida katta o‘qituvchi, rejissyor, ssenarist, montaj ustasi va yosh tadqiqotchi Shokir Xoliqov bilan amaliy hamda nazariy mahorat darsi bo‘lib o‘tadi!

    🔥Mahorat darsi mavzusi:
    “Ssenariy yozish – bu matematikami?”

    ⌛Sizni ilhom, tahlil va tajriba bilan boyitilgan ijodiy uchrashuv kutmoqda!

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Fanlararo ilmiy va innovatsion tadqiqotlar jurnali

    🏅Mukofot: German International Journals Company (Germaniya)

    ✔️“Kinematografiyaning evolyutsiyasi: mustaqillik o‘zbek kinosini qanday o‘zgartirdi” mavzusidagi ilmiy maqolasi bilan
BDKU Toshkent filiali Dramaturgiya yo‘nalishi 4-bosqich talabasi – Y. Shopatxiddinov Germaniyada bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyada ishtirok etib, tegishli sertifikat bilan taqdirlandi.

    ⚡️Mazkur ilmiy ishga ilmiy rahbarlik qilgan dotsent R.S. Muxamedova ham kurator sifatida sertifikat bilan taqdirlandi.

 

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Bugun Meliqo’ziyev Iqbol Mamasodiqovichning tavallud ayyomi!

    🎉Bugun, 4-oktabr — filialimiz direktori, professor Meliqo’ziyev Iqbol Mamasodiqovichning tavallud ayyomi!

    ✨BDKU Toshkent filiali Sizni tavallud ayyomingiz bilan qutlaydi!

    ⭐️Sizning samarali rahbarligingiz, katta tajribangiz va mas’uliyatli yondashuvingiz tufayli filialimiz barqaror rivojlanib, yangi yutuqlarga erishib kelmoqda. Siz yaratgan sharoit va imkoniyatlar bizni yangi marralarga chorlaydi hamda ijodiy ilhom baxsh etadi.

    💫Sizga sog‘liq, farovonlik va faoliyatingizda doimiy muvaffaqiyatlar tilaymiz!

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Diqqat e’lon!

    ➡️BDKU Toshkent filiali 2025-yil 6-oktabr kuni soat 12:00 da 3-qavatdagi kinozalida rejissorlar Jan-Lyuk va Per Dardennning mashhur filmi – “ROZETTA” namoyish etiladi.

    ⭐️Film Kann kinofestivalida uchta mukofot va ko‘plab boshqa xalqaro sovrinlarni qo‘lga kiritgan.

    🗣️Namoyishdan so‘ng Aleksey Artamonov — kinodasturlar kuratori va kinotanqidchi, ko‘plab xalqaro kinofestivallarning dasturiy direktori chiqish qiladi.

    ✔️Suhbat davomida biz:
     • yangi realizmning ildizlari va zamonaviy kinoga ta’siri;
     • “Rozetta” filmi orqali shakllangan festival kino tendensiyalari haqida fikr yuritamiz.

    🔈Barcha filial talabalari va kino ixlosmandlarini taklif etamiz!

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

BDKU Toshkent filialida navbatdagi ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

    ✔️2025-yil 30-sentabr kuni BDKU Toshkent filialida navbatdagi ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

    🗣️Yig‘ilish boshida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan BDKU Toshkent filiali professor va o‘qituvchilarining mehnatlari e’tirof etilib, ularga «Madaniyat va san’at fidokori» ko‘krak nishoni, «Oliy ta’lim a’lochisi» nishoni, shuningdek «Yuksak mehnatlari uchun» faxriy yorlig‘i topshirilgani haqida ma’lumot berildi.

    📌Kun tartibidagi masalalarga ko‘ra:
     • ijro intizomi va kontrakt to‘lovlari bo‘yicha buxgalteriya hisobotlari,
     • ilmiy unvonlar olish uchun Oliy attestatsiya komissiyasiga tegishli hujjatlarni taqdim etish masalalari bo‘yicha mas’ullarning hisobotlari tinglandi.

    ⭐️Shuningdek, ilmiy kengash davomida 1-oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan filial professor-o‘qituvchilari tabriklandi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook