MUROJAAT

    📌 Aziz yoshlar, mehribon ota-onalar va muhtaram ustozlar!
    Farzand — insonning dunyodagi eng aziz ne’mati. Shuning uchun ota-ona bolasini ko‘z qorasidek asraydi, himoya qiladi. Bolasiga yaqinlashgan har qanday balodan himoya qilish uchun ko‘ksini qalqon qiladi. Minnatdor o‘g‘il-qizlar buni yaxshi biladilar. Keksaygan aziz ota-onalarini boshlariga ko‘tarib, ardoqlaydilar.

    Azizlar!
    Bu zamonda yoshlarga ko‘z tikkan balo va tahdidlar ko‘p. Shulardan biri — giyohvandlik balosi.
    Bolalarimizni bu balodan himoya qilishga otlanaylik. Aks holda u yoshlarimizning nafaqat sog‘ligini, balki bo‘lajak oilalarni, butun jamiyat kelajagini barbod qiladi.
    Shunday ekan, biz — yoshlar, ota-onalar hamda pedagoglar — har birimiz bu illatga qarshi qat’iy va birlashgan holda kurashishimiz zarur.
    Ming afsuski, mamlakatimizda ham ayrim yoshlar bilib yoki bilmay, vaqtinchalik zavq izlab yoki oson pul topay deb, bu illatga aralashib qolib, o‘zlarining baxtli kelajagini barbod qilmoqdalar.

    Aziz yoshlar!
    Sizdagi sog‘lom ma’naviyat, kuchli iroda, bilimga tashnalik — mamlakatimiz kelajagining asosidir.
    Hech qachon “bir marta sinab ko‘raman” degan aldovlarga ishonmang. Giyohvand moddalar hayotingizni kemiruvchi zahar, ertangi orzularni o‘g‘irlovchi illat ekanligini unutmang.
    Giyohvandlik hamda narkojinoyatchilik har bir insonning oilasiga baxtsizlik olib keladi, butun jamiyatning osoyishtaligiga putur yetkazadi.

    Hurmatli ota-onalar!
    Farzandlarimizga e’tiborli bo‘laylik! Ularga har kuni e’tibor va mehr ko‘rsataylik. Ular bilan ochiq muloqot qilaylik, tinglaylik, qolaversa muammolaridan boxabar bo‘laylik. Yoshlarga yaxshi fazilatlarni o‘rgatib, yomon odatlarni tark etishni, shuningdek to‘g‘ri-noto‘g‘ri ishlarni farqlashni o‘rgataylik.
    Farzandning qalbida mehr, ishonch, ma’naviyat bo‘lsa, begona g‘oyalar uning yuragiga hech qachon kira olmaydi.
    Jigarbandlarimizni giyohvandlik balosidan asrashimiz uchun barchamiz ogoh va hushyor bo‘lib, giyohvandlikning barcha ko‘rinishlariga qarshi birgalikda kurashishimiz zarur.

    Qadrli ustozlar!
    Yosh avlodni tarbiyalashda sizning rolingiz beqiyosdir. Ta’lim muassasalarida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, giyohvandlikning salbiy oqibatlarini yoshlar ongiga yetkazish — bugungi kunning dolzarb vazifasidir. Har bir dars, har bir suhbat yosh qalbda sog‘lom fikr, mas’uliyat tuyg‘usini uyg‘otishi lozim.
    Shogirdlarimizni o‘z farzandlarimizdek asrashimiz lozim!
    Barchamiz birlashaylik! Millat xoinlari bo‘lmish narkojinoyatchilarga murosasiz, keskin munosabatda bo‘lib, ularga qarshi kurashishda huquqni muhofaza qilish organlariga faol ko‘maklashaylik.

    Unutmang! O‘zbekistonning tinch va sog‘lom kelajagi — har birimizning bugungi hamjihatligimiz, qat’iy harakatimizga bog‘liqdir!

    Toshkent shahridagi “S.A. Gerasimov nomidagi
    Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti” filiali direktori,
    san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor
    Meliqo‘ziyev Iqbol Mamasodiqovich

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Tanlov “Konstitutsiya — mening nigohimda”.

    ☄️BDKU Toshkent filialida “Konstitutsiya — mening nigohimda” nomli foto, video rolik va maqolalar tanlovi o‘tkaziladi.

    ✔️Ishtirokchilar o‘z ijodiy ishlarini 2025-yil 5-dekabr kuni soat 11:00 gacha topshirishlari lozim.

    ✨Tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi esa 2025-yil 5-dekabr soat 12:00 da, Kino zali (314-xona)da bo‘lib o‘tadi.

    Ijodiy ishlaringizni quyidagi raqamlarga Telegram orqali yuboring:
    @guzalazimovna
    +998 33 888 45 75

    👍Barchaga omad tilaymiz!

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

BDKU Toshkent shahar filialida 2-sonli yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

    ⚡️2025-yil 29-noyabr kuni BDKU Toshkent shahar filialida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari A. Yuldashev raisligida navbatdagi 2-sonli yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

    ✔️Yig‘ilishda talabalarning ilmiy–ijodiy ishlari, maqolalarni nashrga tavsiya etish, biriktirilgan pedagoglar hisobotlari, Ijodiy ittifoq uchun auditoriya ajratish, talabalarning maqolalarini mahalliy nashrlarga taqdim etish hamda soha bo‘yicha festival tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

    📌Yakunida professor-o‘qituvchilar va iste’dodli talabalarga ilmiy hamda ijodiy faoliyatni yanada samarali tashkil etish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Jahongir Qosimov tavallud topgan kun.

    ⚡️Bugun, 2 dekabr — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, “Do‘stlik” ordeni sohibi, taniqli kinorejissyor hamda BDKU Toshkent filiali ijodiy ustaxonasi rahbari Jahongir Qosimov tavallud topgan kun.

    ⭐️BDKU Toshkent filiali jamoasi ustozni bugungi muborak sana bilan chin dildan tabriklaydi. Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy hotirjamlik, yaratgan har bir asaringizda barakali ijodiy muvaffaqiyatlar tilaymiz.

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Marhamat Qurbanbayeva tavallud topgan kun

    ⚡️1 dekabr sanasi – O‘zbekiston Kinoarboblari va O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmalari a’zosi, ssenariynavis, tarjimon va pedagog Marhamat Qurbanbayeva tavallud topgan kun.

    ⭐️BDKU Toshkent jamoasi Sizni ushbu qutlug‘ sana bilan tabriklab, uzoq umr, oilaviy farovonlik va dunyodagi eng ezgu tilaklarni yo‘llab qoladi.

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook