Rahbariyat hamda talabalar bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazdi

    ⚡️S.A. Gerasimov nomidagi BDKU rektori, professor Malishev V.S., o‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha prorektor Korotkov I.V., BDKU ssenariy va kinoshunoslik fakulteti dekani V.V. Marusenkov BDKU Toshkent filiali direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev hamda talabalar bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazdi.

    Uchrashuv davomida filialning kelajakdagi rivoji va amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar muhokama qilindi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

21 may kuni soat 10:00 da A.V. Osipov bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    🎞️ 21 may kuni soat 10:00 da BDKU tarixiy binosidagi Majlislar zalida Ijodiy oliygohlar bitiruvchilari o‘n kunligi doirasida hujjatli kino rejissyori, ijodiy ustaxona rahbari A.V. Osipov bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Mazkur ilhomlantiruvchi tadbirda bizning talabalarmiz ham ishtirok etishdi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

«Ijodiy oliygohlar Bitiruvchilar o’n kunligi» doirasida kinoko‘rsatuvlari bo‘lib o‘tmoqda.

    «Ijodiy oliygohlar Bitiruvchilar o’n kunligi» doirasida BDKU maydonchasida turli kino maktablarining ochiq kinoko‘rsatuvlari bo‘lib o‘tmoqda.

    Bugun ushbu doirada BDKU Toshkent filiali Kino va televideniye rejissurasi yo‘nalishi 3-kurs talabasi Munisa Magamet tomonidan suratga olingan “Yetti farishta” nomli film namoyish etildi.

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

I.M. Meliqo‘ziyev Moskvadagi BDKUda tahsil olayotgan o‘zbek guruh talabalari bilan uchrashdi.

    ✔️2025-yil 20-may kuni BDKU Toshkent filiali direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev Moskvadagi S.A. Gerasimov nomidagi BDKUda tahsil olayotgan o‘zbek guruh talabalari bilan uchrashdi.

    Uchrashuvda talabalarning kelajakdagi faoliyati, O‘zbekistonga qaytgach ish bilan ta’minlanishi, filial qoshida teatr va studiyalar tashkil etilib, ular bilan hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi. San’at sohasini rivojlantirishda yoshlarning faol ishtiroki muhimligi ta’kidlandi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Igor Klebanov Toshkentda!

    #Rossiya Federatsiyasining Xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, Rossiya Federatsiyasining Xalq artisti, Yevropa kinooperatorlar Ittifoqi (IMAGO) a’zosi, “Nika” mukofoti sohibi Igor Klebanov Toshkentda!

    2025-yil 25–30-may kunlari taniqli kinooperator, ustoz Igor Klebanov BDKU Toshkent filialida mahorat darslari o‘tkazadi.
    U filial direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev bilan uchrashib, o‘z kitobini sovg‘a qildi va kinooperatorlik sohasini yanada rivojlantirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

 

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook