“Tirik tarixdan nurli kelajak sari”

    Bugun O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida Kinematografiya agentligi tashabbusi bilan “Tirik tarixdan nurli kelajak sari” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

    Anjumanda 2024 yilda ishlab chiqarilgan filmlar sarhisobi yuritilib, tarixiy, zamonaviy, hujjatli va animatsion kinolarning rivoji tahlil qilindi.

    🔼Tadbirda Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent filiali direktori I.M. Meliqo‘ziyev,Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari J.X. Shomurodov, o‘quv-ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.V.Xmirov va filial professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.

    ⚡️Tadbir yakunida retro filmlar namoyishi uchun yangi zalning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

 

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook

Ajdodlarimiz qoldirgan bebaho meros har birimiz qalbimizda yashaydi.

    Asrlar davomida O‘zbekiston zamini donishmandlar, shoirlar, olimlar va san’at ustalarini yetishtirib kelgan. Ajdodlarimiz qoldirgan bebaho meros har birimiz qalbimizda yashaydi. Ularning kuchi – bilimda, ulug‘likka chorlashda, har bir nigohda, har bir so‘zda namoyon bo‘ladi.

    Bu shunchaki libos emas – bu bizning tariximiz, bizning g‘ururimiz.

    Biz – buyuk tarixning davomchisi va uning yorqin kelajagimiz!

    Kelajagingizni VGIK bilan quring!

 

 

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook

8-Mart Xalqaro xotin-qizlar kuni o‘ziga xos tarzda nishonlandi

    Bugun S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent shahridagi filialida bahorning eng nafis va go‘zal bayrami – 8-Mart, Xalqaro xotin-qizlar kuni o‘ziga xos tarzda nishonlandi!

    🎉Filial rahbariyati va talabalar – professor-o‘qituvchilarni va xodimlarni qizil yo‘lakda gullar va musiqa sadolari ostida kutib olib, ularga bayramona kayfiyat ulashishdi.🌹

 

 

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook

Toshkent shahridagi BDKU filialida kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

    2025 yil 28 fevral kuni Toshkent shahridagi BDKU filialida kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishga filial direktori, professor I. Melikuziyev rahbarlik qildi.

    📌 Kun tartibidagi asosiy masalalar:

      🔹 Talabalarning kontrakt-to‘lovlaring o‘z vaqtida amalga oshirishi;

      🔹 Elektr energiyasini tejash bo‘yicha chora-tadbirlar;

      🔹 Darslar nazorati va ta’lim sifati hisoboti;

      🔹 40-50 ga yaqin «Milliy kontent» yaratish bo‘yicha talabalar tomonidan tayyorlangan ssenariylar muhokamasi;

      🔹 «Zakovat intelekt» tanlovi g‘olib jamoalarini taqdirlanishi;

      🔹 Kinooperatorlik fakulteti 2 kurs talabalari Moskva shahridagi, BDKUdagi amaliyot tajribalari haqida taqdimoti.

      🔹 Ssenariynavislik fakulteti katta o‘qituvchisi Dosmetova Rano Arzikulovna tomonidan yaratilgan «Xoreografiya san’ati» darsligi muhokamasi.

    📖 Muhokama natijasiga ko‘ra, «Xoreografiya san’ati» darsligi kengash a’zolari tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.

    📊 Mas’ullar o‘z vazifalari yuzasidan taqdimot shaklida hisobot berib, o‘zaro fikr almashdilar.

 

 

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook

Muborak Ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga tabrik

Qadrli vatandoshlar!

    Avvalo, siz, azizlarni, yurtimizdagi barcha mo‘min-musulmonlar va butun xalqimizni ezgulik, xayru saxovat va mehr-oqibat oyi bo‘lgan Ramazoni sharifning kirib kelishi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

    Ushbu qutlug‘ ayyomda mana shunday munavvar oyni el-yurtimiz bilan birgalikda tinch va osoyishta muhitda kutib olayotganimiz uchun Alloh taologa behisob shukronalar aytamiz.

    Hozirgi vaqtda barcha soha va tarmoqlardagi islohotlarimiz muqaddas islom dinining odamiylik mohiyatiga uyg‘un bo‘lgan “Inson qadri uchun, inson baxti uchun” degan ezgu g‘oya asosida amalga oshirilayotganini ko‘plab misollarda ko‘rish mumkin.

    Jumladan, ijtimoiy himoya tizimi samarasini yuksaltirish, bemorlar, nogironligi bo‘lgan, keksa va yordamga muhtoj insonlarni, yoshlar va xotin-qizlarni, chet ellardagi fuqarolarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, farzandlarimizning ta’lim-tarbiyasiga e’tiborni kuchaytirish, muqaddas qadamjo va ziyoratgohlarni obod qilishga qaratilgan say-harakatlar tobora kengayib borayotganini ta’kidlash lozim.

    Bu borada boshlagan ishlarimizni izchil davom ettirish, yurtimizdagi tinch va farovon hayotni, millatlar va dinlararo hamjihatlik muhitini ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash bundan buyon ham doimo e’tiborimiz markazida bo‘ladi.

    Pok niyatlar ijobat bo‘ladigan ushbu qutlug‘ oyda jahonning turli mintaqalaridagi urush-janjallar, nizo va adovatlar barham topib, butun dunyoda tinchlik, o‘zaro hurmat, bag‘rikenglik va hamkorlik barqaror bo‘lishini chin dildan so‘rab, duolar qilamiz.

    Yer yuzidagi barcha mo‘min-musulmon birodarlarimizni, do‘st va hamkorlarimizni Ramazon oyining boshlanishi bilan samimiy qutlab, ularning mamlakatlari va xalqlariga osoyishtalik, ravnaq va farovonlik tilaymiz.

Aziz vatandoshlar!

    Ramazoni sharifni oila va yaqinlar davrasida katta xursandchilik bilan kutib olayotgan siz muhtaram yurtdoshlarimni yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxtu saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.

    Ushbu muqaddas oyda qilinadigan ibodat va duolar, ehson va amallarni Parvardigori olam o‘z dargohida qabul etsin!

    Xalqimizning ezgu orzu-intilishlari ro‘yobga chiqsin!

    Ramazon oyi barchamizga muborak bo‘lsin!