Jahongir Qosimov tavallud topgan kun.

    ⚡️Bugun, 2 dekabr — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, “Do‘stlik” ordeni sohibi, taniqli kinorejissyor hamda BDKU Toshkent filiali ijodiy ustaxonasi rahbari Jahongir Qosimov tavallud topgan kun.

    ⭐️BDKU Toshkent filiali jamoasi ustozni bugungi muborak sana bilan chin dildan tabriklaydi. Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy hotirjamlik, yaratgan har bir asaringizda barakali ijodiy muvaffaqiyatlar tilaymiz.

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Marhamat Qurbanbayeva tavallud topgan kun

    ⚡️1 dekabr sanasi – O‘zbekiston Kinoarboblari va O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmalari a’zosi, ssenariynavis, tarjimon va pedagog Marhamat Qurbanbayeva tavallud topgan kun.

    ⭐️BDKU Toshkent jamoasi Sizni ushbu qutlug‘ sana bilan tabriklab, uzoq umr, oilaviy farovonlik va dunyodagi eng ezgu tilaklarni yo‘llab qoladi.

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

«Brilliantona kapalak»

    ⚡️Moskvada o‘tgan «Brilliantona kapalak» kino mukofotida o‘zbek teatr rejissyori Anvar Qartaev, BDKU Toshkent filiali dotsenti Ayub Shaxobiddinovning «Bahorni izlab» filmi uchun «Eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor» nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.

    ⭐️G‘olibga qiymati 250 ming dollar bo‘lgan 5 karatli brilliant topshirildi. Tabriklaymiz!

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

“Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun”

    ✔️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 4-noyabrdagi 01/17-4693-sonli xati hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-yarim yillik ish rejasining 5-ilova, 13-bandi ijrosini ta’minlash doirasida “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” loyihasi doirasida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirda “Nemolchi.uz” loyihasi bosh koordinatori Nigina Xudoyberganova, shuningdek, filialning professor-o‘qituvchilari va talaba qizlari ishtirok etdilar.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

E. M. Ishmuhamedov bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.

    ⚡️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 24-oktabrdagi 02/15-2/5-53/1-sonli xatiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 54-sonli bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 27-noyabr kuni filialimizda O‘zbekiston xalq artisti, san’at arbobi, professor E. M. Ishmuhamedov bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.

    Uchrashuvda professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etib, suhbat ijodiy ruhda, samimiy muloqot va savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi. 

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook