“KinoLab Kino, Teatr studiyasi”

    🔈BDKU Toshkent filiali qoshida “KinoLab Kino, Teatr studiyasi” faoliyatini boshladi!

    ⌛2025-yil 24-sentyabr kuni BDKU Toshkent filiali qoshida “KinoLab Kino, Teatr studiyasi”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

    ⭐️Ushbu tashabbus talabalar ijodiy salohiyatini rivojlantirish, ularning amaliy tajribasini boyitish hamda zamonaviy kino va teatr san’atida o‘z o‘rnini topishi uchun muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

    ✔️Ochilish marosimida filial direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev, faxriy mehmonlar, jurnalistlar, ishlab chiqarish korxonalaridan vakillar va talabalar ishtirok etdilar.

    📌Studiyada quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha to‘garaklar faoliyat olib boradi va 7 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan kino ixlosmandlari taklif qilinadi:
     1. Aktyorlik mahorati
     2. Operatorlik san’ati
     3. Sun’iy intellekt
     4. Fotosan’at
     5. Vokal
     6. Raqs

    ⚡️ “KinoLab Kino, Teatr studiyasi” yosh avlodning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularni kasbiy rivojlantirish ва milliy hamda jahon san’ati bilan uyg‘unlashtirishга xizmat qiladi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Ijodiy filmlar taqdimoti

#Ijodiy filmlar taqdimoti

    ⚡️2025-yil 24-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Xalq artisti, professor Toxir Saidov ijodiy ustaxonasi talabalari tomonidan suratga olingan qisqa metrajli badiiy filmlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

    🗣️Filmlar mashhur yozuvchilar asarlari asosida suratga olindi:
    Abdulla Qahor — “Anor”, “Dahshat”
    G‘ofur G‘ulom — “O‘g‘rigina bolam”

    ⭐️Mazkur loyihalar talabalar tomonidan amaliy darslar jarayonida suratga olish maydonchalarida amalga oshirildi va ularning ijodiy tajribasini boyitishga xizmat qildi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

2025-yil 20-sentyabr kuni BDKU Toshkent filialida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

    🔖2025-yil 20-sentyabr kuni BDKU Toshkent filialida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari A. Yuldashev raisligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

    ⬇️Kun tartibida professor-o‘qituvchilarga iqtidorli talabalarni biriktirish, ularning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, innovatsion va ilmiy-amaliy ishlanmalarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

    🗣️Yig‘ilishda “Dramaturgiya” yo‘nalishi 4-kurs talabasi Y. Shopathiddinov majlis kotibi etib saylandi. Shuningdek, “Yoshlar akademiyasi”ga filialdan “Dramaturgiya” yo‘nalishi 4-kurs talabasi M.Tursunov Muminjon Ismatilla o‘g‘li nomzodi tavsiya qilindi.

    “Yoshlar akademiyasi” — Prezident qarori asosida tashkil etilgan tuzilma bo‘lib, u iqtidorli yoshlarning ilmiy va ijodiy tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni maqsad qiladi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

“O‘zbekfilm” kinokonsernida dars mashg‘ulotlarini olib bordilar.

    ✔️2025-yil 20-sentyabr kuni BDKU Toshkent filiali Rejissura kino va televideniye yo‘nalishi 1-kurs talabalari ijodiy ustaxona rahbari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi J.M. Qosimov bilan birgalikda “O‘zbekfilm” kinokonsernida dars mashg‘ulotlarini olib bordilar.

    Mazkur mashg‘ulot talabalar uchun amaliy bilim va tajribani yanada boyitishga xizmat qildi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

“Besh tashabbus olimpiadasi”

    ⚡️2025-yil 20-sentyabr kuni Toshkent axborot texnologiyalari universiteti sport zalida Oliy va kasbiy ta’lim muassasalari talaba-o‘quvchilari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari marosimi bo‘lib o‘tdi.

    Mazkur tadbirda Toshkent shahridagi barcha oliy ta’lim muassasalari (davlat, nodavlat, xorijiy) rektorlari, Toshkent shahar hududiy boshqarma boshlig‘i hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari taklif etildi.

    ✔️BDKU Toshkent filialidan direktor, professor I.M. Meliqo‘ziyev hamda yoshlar masalasi, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor birinchi o‘rinbosari J.X. Shomurodov ishtirok etdilar.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

“Rejissyorlik sirlari”

    🔖2025-yil 16-sentyabr kuni BDKU Toshkent filialida dotsent, ssenarist, aktyor va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, rejissyor Roziqov Yusuf Sulaymonovichning “Rejissyorlik sirlari” nomli mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.

    🔝Tadbirda professor-o‘qituvchilar, talabalar, jurnalistlar hamda kino ixlosmandlari faol ishtirok etdilar.

    ⭐️Mahorat darsining mehmoni — rejissyor va ssenarist Yusuf Azimov bo‘ldi. U bilan ijodiy suhbat o‘tkazildi va yakunda talabalar uning mashhur filmlaridan birini tomosha qilishdi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook