Registrator ofisi!

    ⬇️BDKU Toshkent filialida yangi qulaylik – Registrator ofisi!

    ⌛ Endilikda talabalar barcha zaruriy ma’lumotlarni shu yerning o‘zida tez va qulay tarzda olishlari mumkin.

    ✔️Ofisning asosiy vazifalari talabalarning vaqtini tejash, ular uchun qulayliklar yaratish hamda yoshlar uchun ishonchli ko‘makchiga aylanishdan iborat. Shu maqsadda xodimlar muntazam ravishda o‘z ustida ishlashlari va yangiliklardan xabardor bo‘lib borishlari ko‘zda tutilgan.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

“Rejissyorlik sirlari”

    🔖BDKU Toshkent filiali ijodiy ustaxonasi rahbari, dotsent, ssenarist, aktyor va rejissyor Rashid Karimovich Malikovning “Rejissyorlik sirlari” nomli mahorat darsi 2025-yil 12-sentyabr kuni soat 11:00 da bo‘lib o‘tadi.

    Ustoz mashg‘ulot davomida rejissyorlik jarayonidagi ijodiy yondashuv, sahnalashtirish sirlari va amaliy tajribalari bilan o‘rtoqlashadi.

    📍Manzil: BDKU Toshkent filiali, 3-qavat, kinozal.

    🔈Barcha talabalar mahorat darsiga taklif etiladi.

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

BDKU Toshkent filiali talabalari “Renessans” kino uyida bo‘lishdi.

    🗣️2025-yil 9-sentyabr kuni BDKU Toshkent filiali 1-kurs talabalari Kinooperatorlik mahorati kafedrasi mudiri X.B. Hasanov hamda direktor o‘rinbosarlari boshchiligida “Renessans” kino uyida bo‘lishdi.

    Tadbir davomida talabalar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi rahbariyati faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
    Shuningdek, Kinematografiya agentligi direktori o‘rinbosari A.J. Xadjaev talabalarga o‘quv jarayonida amaliy bilim va tajribani chuqur o‘zlashtirish zarurligini ta’kidladi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Yusuf Sulaymonovich Roziqovga “dotsent” ilmiy unvoni Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan taqdim qilindi.

    🗣️2025-yil BDKU Toshkent filialida – Ilmiy kengash doirasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Yusuf Sulaymonovich Roziqovga “dotsent” ilmiy unvoni Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan taqdim qilindi.

    ✨Filial direktori, professor I.M. Meliqoziyev ustozni samimiy tabriklab, ilmiy unvonni topshirdi.

 

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

BDKU Toshkent filialida Mustaqillik darslari bo‘lib o‘tdi.

    2025-yil 8-sentyabr kuni BDKU Toshkent filialida Mustaqillik darslari bo‘lib o‘tdi.

    ✔️Tadbirda filial direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev, direktor o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar. Shuningdek, 1-kursga qabul qilingan talabalarga filial administratsiyasi xodimlari tanishtirildi.

    🗣️Dars davomida Mustaqillik mazmuni va ahamiyati haqida ma’ruzalar tinglandi. Xususan, professor S.K. Annamuratova talabalarga Mustaqilligimizning tarixiy va ma’naviy qadr-qimmati haqida ma’ruza qilib berdi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Xilol Tulqunovich Nasimov. 

    🔖O‘zbekiston xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, rejissyor Xilol Tulqunovich Nasimov. 

    🗣️BDKU Toshkent filialida ijodiy ustaxonaga ega bo‘lib, rejissura (kino va televideniye) yo‘nalishi talabalariga saboq berib kelmoqda.

    Uning mahorat darslari talabalar uchun nazariy bilim bilan birga, amaliy ko‘nikmalarni ham shakllantirishga xizmat qilmoqda.

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook