BDKU rahbariyati va 1-kurs talabalari Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyiga tashrif buyurishdi.

    ⚡️2025-yil 5-sentyabr kuni S.A. Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent filiali direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev hamda filial rahbariyati 1-kurs talabalari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyiga tashrif buyurishdi.

    🗣️Talabalar muzey bo‘ylab sayohat davomida tarixiy saboqlar va bugungi tinch-osoyishta hayotimizning qadr-qimmati haqida chuqur taassurotga ega bo‘lishdi. Shuningdek, mustaqilligimiz qadriyatlari va ahamiyati haqida ma’ruzalar tingladilar.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Tohir Saidov Samandarovich

    🔖 O‘zbekiston xalq artisti, BDKU Toshkent filiali professori Tohir Saidov Samandarovich.

    Tohir Saidov Samandarovich – o‘zbek teatr va kino san’atining yirik namoyandalaridan biri, xalqimizning sevimli san’atkori. U o‘zining yuksak mahorati, betakror ijrosi va ko‘p yillik ijodiy faoliyati bilan milliy madaniyatimiz rivojiga katta hissa qo‘shgan.

    ⭐️Hozirgi kunda u ijodiy ustaxonasida talabalarga aktyorlik mahoratidan saboq berib kelmoqda. Ustozning boy tajribasi va bilimlari yosh avlod san’atkorlari uchun beqiyos maktab bo‘lib xizmat qilmoqda.

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Karim Mirxodiev Xusanovich

    🔖O‘zbekiston xalq artisti, BDKU Toshkent filiali professori Karim Mirxodiev Xusanovich.

    Karim Mirxodiev Xusanovich – o‘zbek san’ati taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan mashhur san’atkor va pedagog. U uzoq yillar davomida teatr va kino sahnasida yuksak mahorati, betakror ijrosi va fidoyiligi bilan el-yurt hurmatini qozongan.

    ☄️ 2025–2026 o‘quv yilida uning ijodiy ustaxonasi tantanali ravishda tashkil qilindi.Bugungi kunda u BDKU Toshkent filiali professori sifatida yoshlarga saboq bermoqda hamda o‘zining boy ijodiy tajribasini yangi avlod san’atkorlariga yetkazmoqda.

1-kurs talabalari Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyiga tashrif buyurishdi.

    ⚡️2025-yil 5-sentyabr kuni S.A. Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent filiali direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev hamda filial rahbariyati 1-kurs talabalari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyiga tashrif buyurishdi.

    🗣️Talabalar muzey bo‘ylab sayohat davomida tarixiy saboqlar va bugungi tinch-osoyishta hayotimizning qadr-qimmati haqida chuqur taassurotga ega bo‘lishdi. Shuningdek, mustaqilligimiz qadriyatlari va ahamiyati haqida ma’ruzalar tingladilar.

 

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

1-kurs talabalari universitet bilan yaqindan tanishdilar.

    📌2025-yil 4-sentyabr kuni BDKU Toshkent filialida 2025–2026 o‘quv yilida qabul qilingan 1-kurs talabalari universitet faoliyati hamda “O‘zbekfilm” kinokonserni bilan yaqindan tanishdilar.

    ▶️Filial direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev, Kinooperatorlik kafedrasi mudiri professor X.B. Hasanov hamda professor-o‘qituvchilar talabalarga universitetda yaratilgan barcha zamonaviy sharoitlar bilan tanishtirdilar.

    🗣️Shuningdek, talabalar “O‘zbekfilm” kinokonserniga tashrif buyurib, suratga olish maydonchalari va ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

    ⭐️Bu uchrashuv yoshlar uchun muhim taassurotlar va ijodiy ilhom manbai bo‘ldi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook