Talabalikka bag‘ishlov – 2025

    2025-yil 3-sentyabr kuni S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent shahar filialida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan hamda yangi 2025–2026 o‘quv yilida qabul qilingan talabalarni kutib olish maqsadida “Talabalikka bag‘ishlov” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

    ✔️Tadbir doirasida talabalar universitetda yangi o‘quv yilida ochilgan ijodiy ustaxonalar, “Kinooperatorlik mahorati” kafedrasi, registrator ofisi, talabalar uchun maxsus liboslar va grimerxonalari, raqs xonasi, kinozallar hamda yaratilgan barcha imkoniyatlar bilan tanishtirildi. Bularning barchasi yosh ijodkorlarning bilim olishi, mahoratini oshirishi va ijodiy rivojlanishi uchun yaratilgan shart-sharoitlardir.

    📚Rejissura kino va TV, Dramaturgiya va Kinooperatorlik yo‘nalishlariga qabul qilingan 1-bosqich talabalarga talabalik guvohnomalari tantanali ravishda topshirildi.

    🏅Shuningdek, iqtidorli talabalar va fidoyi professor-o‘qituvchilarga minnatdorchilik bildirilib, tashakkurnomalar topshirildi.

    Ushbu unutilmas lahza yosh ijodkorlar hayotida talabalik sari qo‘yilgan ilk qadami bo‘lib, ularga yangi marralarni zabt etishda kuch va ilhom bag‘ishladi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Hurmatli yurtdoshlar!

    Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

    Mustaqillik – bu xalqimizning siyosiy iroda va qat’iyatining yorqin timsoli, milliy davlatchiligimizning mustahkam poydevori hamda erkin va farovon hayotimizning eng muqaddas kafolatidir. Bu ulug‘ sana bizni yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz kelajagi uchun yanada mas’uliyat bilan xizmat qilishga, Vatan ravnaqi va xalq manfaatlari yo‘lida kuch-g‘ayratimizni safarbar etishga undaydi.

    Shu muborak ayyomda sizlarga mustahkam sog‘liq, tinch va osoyishta hayot, oilaviy baxt-saodat hamda faoliyatingizda yangi yutuqlar yor bo‘lishini tilayman. Keling, barchamiz birgalikda Prezidentimiz olib borayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlab, O‘zbekistonimizning buyuk kelajagi uchun fidoyilik bilan xizmat qilaylik!

    Hurmat bilan,
    BDKU Toshkent filiali direktori,
    professor I. M. Meliqo‘ziyev

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

“Янги Ўзбекистон” боғида Мустақиллик куни муносабати билан байрам тантанаси бўлиб ўтди

    Тошкентдаги “Янги Ўзбекистон” боғида Мустақиллик куни муносабати билан байрам тантанаси бўлиб ўтди. Президент Шавкат Мирзиёев бутун халқимизни, хориждаги ватандошларимизни давлатимиз мустақиллигининг 34 йиллик шонли санаси билан табриклади. 

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

BDKU Toshkent filialida ilmiy kengash bo‘lib o‘tdi

    📹 🗓Joriy yilning 29-avgust kuni BDKU Toshkent filialida ilmiy kengash bo‘lib o‘tdi. Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari ham ko‘zdan kechirildi.

    ⚙️BDKU Toshkent filiali direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev boshchiligida filialda 2025–2026 o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan filial binolari, o‘quv auditoriyalari, laboratoriyalar va kutubxona fondi ko‘zdan kechirilib, talabalarga sifatli ta’lim berish uchun zarur sharoitlar baholandi.

    Shuningdek, ta’lim jarayonida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, dars mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish hamda talabalar uchun qulay muhit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

    Mazkur tayyorgarlik ishlari yangi o‘quv yilini yuqori saviyada boshlashga xizmat qiladi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook